Santyago Bernabeuda navbatdagi jang: "Real" va "Siti" to‘qnashadi...

Bugun, 11 mart kuni UYEFA Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi doirasida futbol muxlislari intizor bo‘lib kutgan to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi. Madridning “Real” jamoasi o‘z uyi — “Santyago Bernabeu” stadionida “Manchester Siti”ni qabul qiladi. Bu juftlik so‘nggi yillarda YECHLning eng ko‘p muhokama qilinadigan, eng shiddatli va eng dramatik raqobatlaridan biriga aylanib ulgurgan.
Eng qizig‘i, bu ikki grand deyarli har gal uchrashganda o‘yin “oddiy ssenariy”ga bo‘ysunmaydi: gollar, tezkor burilishlar, oxirgi daqiqalardagi qaltirashlar va hatto penaltilar seriyasi — bu duelning “doimiy menyu”siga o‘xshab qolgan.
Quyida “Real” va “Manchester Siti”ning so‘nggi beshta o‘zaro bahsi natijalari:
• 10.12.2025 | Chempionlar ligasi (umumiy bosqich, 6-tur): “Real” — “Manchester Siti” 1:2
• 19.02.2025 | Chempionlar ligasi (stikoviy match, javob): “Real” — “Manchester Siti” 3:1
• 11.02.2025 | Chempionlar ligasi (stikoviy match, 1-o‘yin): “Manchester Siti” — “Real” 2:3
• 17.04.2024 | Chempionlar ligasi (1/4 final, javob): “Manchester Siti” — “Real” 1:1 (pen. 3:4)
• 09.04.2024 | Chempionlar ligasi (1/4 final, 1-o‘yin): “Real” — “Manchester Siti” 3:3
Bu raqamlarning o‘ziyoq hamma narsani aytib turibdi: ikki jamoa o‘rtasidagi har bir uchrashuvda intriga tirik, gollar ko‘p, natija esa ko‘pincha “bitta mayda epizod”ga bog‘lanib qoladi. Bir yil 3:3, keyin penalti dramasi, keyin yana o‘zaro “almashgan” g‘alabalar — bu raqobatda hech kimga oson bo‘lmagan, bugun ham oson bo‘lishi kutilmayapti.
Qisqasi, 11 martgi Bernabeudagi to‘qnashuv navbatdagi katta tarixga aylanishi mumkin. “Real” uydagi kuchli muhitga suyanadi, “Siti” esa o‘z uslubi va tempi bilan javob qaytarishga urinadi. Muxlislar uchun esa bitta gap: bu kecha yana nerv, yana drama, yana katta futbol bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!