Tailandda havo samolyoti qo'nayotgan paytida g'ildiraklari shikastlandi

Tailandning Pxuket aeroportida Air India Express aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyoti qo‘nish chog‘ida texnik muammoga duch keldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda 140 kishi bo‘lgan havo kemasi shassi bilan bog‘liq nosozlik sabab qattiq qo‘nishni amalga oshirgan.
Hodisa vaqtida samolyotning oldingi g‘ildirak qismi shikastlangan va layner uchish-qo‘nish yo‘lagida sirpanib ketgan. Shu sababli aeroport hududidagi harakat vaqtincha to‘xtatilgan va parvozlar jadvaliga ham ta’sir ko‘rsatgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, VT-BWQ bort raqamiga ega Boeing 737 MAX 8 samolyoti Haydaroboddan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni bajarayotgan bo‘lgan. Samolyot bortida jami 140 kishi, shundan 133 nafari yo‘lovchi ekani bildirilgan.
Dastlabki xabarlarda hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi aytilmoqda. Ayni paytda yuz bergan holat sabablari o‘rganilayotgani va texnik tekshiruv ishlari olib borilishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!