Mana shu oʻrinda oʻzbek ayoli, yaʼni ona oʻz soʻzini aytishi lozim. Afsuski, hozircha aynan onalarning haybarakallasi va qoʻllab-quvvatlashi tufayli oʻzbek qizlarining sharmandali yechinish (chunki kiyinish deb boʻlmaydi) jarayoni shiddat bilan ketmoqda. Holbuki, ehtirosli oʻzbek yigitlari minglab yillar mobaynida qizlar tanasining biror muchasini koʻrib qolmoq orzusida kuyib yashashgan. Ular goʻzal kiyimlar ichiga yashiringan qizlar vujudidagi sirli nazokatga mahliyo boʻlib, unga intilishardi.
Endi yigitlar intiladigan marralar qizlarning oʻzlari tomonidan bekordan bekorga taklif etilmoqda. Ayrim oʻta zamonaviy kishilar, “Gap kiyimdami, koʻngil toʻgʻri boʻlsa boʻldi-da?”, tarzida savol qoʻyishadi. Holbuki, kiyimning oʻzi koʻngilning ifodasi. Koʻzdan yashirilishi lozim boʻlgan muchani ochishga, uni eʼtiborni tortadiganroq holatga solishda aynan koʻngil ishtirok qilgan. Koʻngilni ayrim past koʻchalarga kirish istagidan oʻz vaqtida qaytarish ham baʼzan millat maʼnaviyati uchun zarurdir.
Andishasizlik, oʻz vujudini koʻz-koʻz qilishga intilish tuygʻusi hamma zamonlarda ham boʻlgan. Lekin ular hech qachon hozirgiday umummilliy koʻlam kasb etmagan. Andisha va axloq hozirgiday oyoqosti qilinmagan. Agar faqat koʻngil hisobga olinadigan boʻlsa, yalangʻoch yuraverish ham mumkin-ku! Oʻzbek uchun libos tabiiy-estetik zaruriyatgina emas, balki axloqiy-maʼnaviy parda hamdir. Har tong eshik oldini supurayotgan kelinlarning koʻpchiligiga bir eʼtibor qiling: ularning bir qoʻllari supurgida boʻlsa, bir qoʻllari hamisha yoqasida.
Kelinlardagi oʻzbekcha hayo shaytoniy nazar tushmasligi uchun birov bor-yoʻgʻidan qatʼiy nazar savqi tabiiy bilan koʻkraklarini bekitishga undaydi. Bu hol ularning jozibasini oshiradi. Millat shaʼnini oʻtkinchi modalardan ustun qoʻyib, oʻzini bir qadar parda ortiga olishi bilan oʻzbek ayoli ehtiromga sazovor boʻladi. Oʻz badanining har bir muchasini koʻz-koʻz qilib turgan yaratiqlar esa bizning axloqimizga koʻra, erkaklar hurmatiga loyiq sanalmaydi.
Toʻgʻri, odamzod davr bilan birga yashaydigan, uning taʼsiridan chetda turolmaydigan oʻtkinchi xilqat. Har qanday odam ham davrning oʻzgarishlariga bir qadar moslashishi lozim boʻladi. Lekin bir qadar moslashish bilan tamomila yot taʼsirlar yetoviga tushib qolish boshqa-boshqa narsalarki, maʼnaviyatli oʻzbek ayollari hali bu haqda jiddiy oʻylab koʻrishlari kerak boʻladi. Chunki oʻzbek qizlari minglab yillar davomida oʻzi va yaqinlarining orini saqlashni eng yuksak aʼmol sanaganlar.
Qozoqboy YOʻLDOSHЕV
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”