
O'tgan yozda Ademola Lukman "Atalanta"ni tark etishga qattiq intilgan edi. Ammo oxir-oqibat u jamoada qoldi.
Futbolchining klubga nisbatan bunday munosabati uning motivatsiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatib, jamoa rahbariyati bilan munosabatlariga darz ketishiga olib keldi. Endilikda esa Lukman konstruktiv yondashuvni tanlab, klub bilan yarashishga qaror qilganga o'xshaydi.
U o'zining ijtimoiy tarmoqlarida "Atalanta"ga oid suratlarni yana e'lon qila boshladi. Bungacha u yozda o'zining Bergamodan ketish istagini ko'rsatib, bunday suratlarni o'chirib tashlagan edi.
Ehtimol, "Atalanta"ning yangi bosh murabbiyi Raffaele Palladino futbolchi bilan yaxshi munosabat o'rnatishga muvaffaq bo'lgan va aynan shu sababli Lukmanning fikri keskin o'zgargan bo'lishi mumkin.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.