
“Vest Xem” hujumchisi Niklas Fyullkrug qishki transfer oynasida “Milan”ning asosiy maqsadlaridan biriga aylanishi mumkin. 32 yoshli futbolchi London klubidagi holatidan norozi va qishda jamoani tark etishni rejalashtirmoqda.
Mashhur insayder Janluka Di Marstsioga koʻra, “rossonerilar” germaniyalik hujumchini oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. “Bu oson bitim boʻlmaydi, ammo “Milan” imkoniyatdan foydalanishga tayyor,” – deydi transfer bo'yicha ekspert.
Fyullkrug joriy mavsumda “Vest Xem” safida etti oʻyinda maydonga tushdi, ammo gol urishga yoki assistentlik qilishga muvaffaq boʻlmadi. Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, uning transfer qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.