Bu voqea 2018 yil noyabr oyining oxirlarida bo‘lgan.
Men u paytda un do‘konida yuk tashuvchi va ham sotuvchi bo‘lib ishlardim. Xaridorlarning unini moshinasiga yuklab berardim. Moshinasi yo‘qlar aravakashlardan foydalanishar, so‘ng manzillariga avtobuslarda, "Damas"larda olib ketishardi.
Bir aravakash aka bilan tanishib qoldim. Oti Salim aka. Bechora kambag‘al, g‘arib odam edi. Bizning ishlarimizga qarashib turardi. Biz ham birortasiga arava kerak bo‘lsa, o‘sha kishini chaqirardik.
Bir kuni kelib:
– Tolibjon, bir iltimosim bor, – dedi.
– Qanday iltimos? – desam,
– Uka, onam kasal bo‘lib qoldi, hozir hushsiz yotibdi. Do‘xtirlar 500 000 (besh yuz ming) so‘m topib kel deyishdi. Hozir pulim yo‘q. Siz boshlig‘ingizdan so‘rab olib bering, onamning pensiyasi chiqsa, qaytaraman, – dedi. Men:
– Aka, hozir boshlig‘imiz qarzga botgan, menimcha berolmaydi, biz ham pul so‘ramayapmiz, – dedim.
Salim akaning bor umidi bizdan edi. U ham endi sarobga aylandi. Sheriklarimdan biri masjiddan, biri mahalla idorasidan yordam so‘rang deb maslahat berdi. Men aytimki:
– Aka, siz yana boshqalardan ham yordam so‘rab ko‘ring, men ham harakat qilaman, – dedim va harakatni boshladim. Ko‘rgan-bilgan tanishlarimdan yordam so‘radim, lekin har kim xar xil bahonalarni aytib, pul berishmadi. Hatto 10000 (o‘n ming) so‘m ham topolmadim. To‘g‘risi, o‘zimning ham o‘sha paytda sharotim sal qiyinroq edi. Albatta, yordam beraman-u, lekin o‘sha pulning hammasini topib berolmasdim.
Allohdan yordam so‘rab duolar qildim.
Ertasiga do‘konimizga Abdumalik ismli tanishim kirib qoldi. Gaplashib turib, u boladan ham pul so‘radim.
– Uka, bir onaxonimiz kasal bo‘lib qopti, sizning qo‘lingizda do‘konlaringiz bor, shu onaxonga yordam beraylik, – dedim.
– Mayli, aka, – deb chiqib ketdi va pul olib keldi. – Mana, aka, oling, onaxonimiz tuzalib ketsin. Faqat, bir iltimos, men pul berganimni Salim akaga aytmang, – dedi.
Ko‘zlarimga yosh keldi, Rabbimga shukrlar aytdim va Salim akaga telefon qila boshladim. Lekin telefoni o‘chirilgan edi. Qayta-qayta qilaverdim, qilaverdim. Nihoyat uch kundan keyin telefoni chaqirdi va oldi.
– Salim aka, sizmisiz? Men pul topdim, keling tezda. Onangiz yaxshimi? – dedim.
Shunda Salim aka onasi o‘lib qolganini aytdi.
Butun vujudim titrab ketdi. Nima deyishni bilmay qoldim. Endi pulni nima kilaman, deyman.
– Pul kerakdir? Oziq-ovqatingiz qanaqa? – deb so‘radim.
– To‘g‘risi, yeyishga bir burda nonim ham yo‘q, – dedi.
Chaqirdim. Keldi. Pulni uzatdim.
– Uka, nonvoydan qarzim bor, o‘shanchasini olaman, qolganini olmayman, keyin qanday qaytaraman, – dedi.
– Aka, oling, bu qarzga emas, – deb hamma pulni berib yubordim...
Bu voqeani bir tanishimga aytib bersam, u: “Kimligini aytmay qo‘yaqolay, yaqinda bir odamning uyida bo‘ldim, tokchalari qattiq nonga to‘lib yotibdi”, deb qoldi.
O‘ziga to‘qdir. Uyiga nonni ortiqchasi bilan opkelar. Yoki har kuni u yoq-bu yoqdan non kep tursa kerak. Shularni to‘plab o‘tirmay, Salim akaga o‘xshagan faqirlarga berib yuborsa, yaxshi emasmi?!
Tolibjon Safarov
Manba: Aniq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi