Бугунги кунда смартфонимиздаги турли иловалар ва ижтимоий тармоқлар бир қарашда ҳаётимизни енгиллаштирадигандек кўринади. Бироқ инсоннинг ақлий қобилияти ахборотни қабул қилиш билангина чекланмайди. Олинган барча маълумотларни таҳлил қилиш, хотирада сақлаш, уларни ижодкорона ғояларга айлантириш учун мияга “фойдали бекорчилик” онлари ҳам зарур. Қуйидаги мақолада доимий онлайнлик, бошқача қилиб айтганда вақтнинг кўп қисмини смартфон билан ўтказиш, ундаги илова ва ижтимоий тармоқлардан кўз узолмасликнинг салбий жиҳатлари кўрсатиб ўтилган.
“Мияни бўшат. Иш жуда кўп бўлса нима қилиш керак?” китобида нейропсихиатр Тео Компернолле раҳбарларни онлайндан воз кечишга чақиради. Ҳеч бўлмаганда айрим вақтларда онлайн бўлмаслик учун 13 сабаб эса қуйидагилардан иборат.
1. Doimiy ravishda onlayn boʻlish – ommaviy aqliy magʻlubiyat quroli. Intellektual jihatdan samarali boʻlish uchun diqqat va aql kuchini muayyan vazifaga jamlash lozim. Ana oʻshanda oʻzingizni bir vazifadan boshqasiga oʻtishdan himoya qilgan boʻlasiz.
2. Doimiy ravishda onlayn boʻlish sizni doimiy impuls-reaktiv rejimiga olib kiradi. Miyangiz tashabbusni oʻzlashtiradi va siz vaziyatdan kelib chiqadigan, yuzaki – kam oʻylangan, aniq va optimal boʻlmagan qarorlar qabul qilishni boshlaysiz.
3. Doimiy onlaynlik axborotni anglash, uni bilim koʻrinishida qayta ishlash, predmet toʻgʻrisidagi toʻliq taassurot, shuningdek shaxsiy gʻoyalarni rivojlantirish kabi ancha murakkab, biroq muhimroq aqliy faoliyatni siqib chiqaradi.
4. Doimiy onlaynlik xodimlarni adxokratlar, tashkilotni esa adxokratiya (lotinchadan ad hoc — “aynan shuning uchun”, “maxsus holat boʻyicha”) ga aylantiradi. Vaziyatdan kelib chiqqan, yaxshilab oʻylanmagan yoki umuman oʻylanmagan reaksiyalar tanqidiy fikrlash, chuqur tahlil, strategik rejalashtirishni siqib chiqaradi.
5. Doimiy onlaynlik rejimida siz osongina aqliy xatolar va chalkashliklarning qurboniga aylanasiz.
6. Doimiy onlaynlik surunkali koʻp vazifalilikka olib boradi. Bu esa aqliy unumdorlik, xotira, ijodkorlikni yomonlashtiradi va zoʻriqishni oshiradi.
7. Doimiy onlaynlik – uy, koʻcha va ishdagi baxtsiz hodisalarning tez-tez kuzatiladigan sabablaridan. Smartfonga qaragan vaqtda aqliy fikrni jamlash faqat bitta narsaga eʼtibor qarata olgani uchun siz atrofga nisbatan kar va koʻr boʻlasiz.
8. Doimiy onlayn boʻlish axborot ortib ketishiga olib keladi. Miyangizda kiruvchi axborotni qayta ishlash va xotirada saqlash uchun kuch qolmaydi. Natijada yaxshilab oʻylangan, optimal qarorlarni qabul qila olmaysiz va shaxsiy gʻoyalarni rivojlantirish qobiliyatiga ega boʻlmaysiz. Bularning bari axborot ortib ketgani borasidagi subyektiv hisni ham oshiradi.
9. Доимий уланганлик қувватингизни еб битиради. Чексиз микроқарорлар кетма-кетлиги (масалан, хабарни ўчириш керакми ёки йўқ, ҳозир жавоб бериш керакми ёки кейинроқ ва ҳ.к) қувватингизни сарфлайди. Мазкур қувват сарфи муҳим қарор қабул қилиш керак бўлган вақтда сизни энг оддий, чуқур ўйланмаган, импульсив ва нооптимал танловни амалга оширишга мажбур қилади.
10. Доимий уланганлик сизни «фойдали бекорчилик» давридан маҳрум этади. Бундай даврлар мия учун зарур. У етишмаганида мияга ахборотни тартибга солиш, хотирада сақлаш, архивга жойлаштириш, ахборотни ностандарт тарзда комбинациялаш ва шошилмасдан ижодий ғоялар устида ишлаш учун ҳисоблаш ресурслари етишмайди.
Ҳар бир бўш дақиқани смартфонга бағишлаб, ҳар қандай танаффусни ахборотни сингдиришга сарфлаб, сиз ақллироқ бўлиб қолмайсиз.
11. Doimiy ulanganlik haqiqiy suhbatlar, munosabatlar, muhokama va uchrashuvlarga zarar keltiradi. Bir tomondan, aql bovar qilmas axborot-kommunikatsion texnologiyalar istalgan vaqtda va joyda xohlagan kishimiz bilan uchrashish imkonini beradi. Boshqa tomondan esa, doimiy onlaynlik real munosabat va muloqot sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
12. Doimiy onlaynlik uchrashuvlar samaradorligiga putur yetkazadi. “Ish kabineti” menejerlar choʻntagida boʻlganida joriy ishlardan uzoqlashib, kompaniyaga qush balandligidan strategik jihatdan nazar solish mushkul. Natijada ular kompaniya oldidagi istiqbol yoki xatarlarni koʻra olmaydigan, nostandart, innovatsion yondashuvlarni topa olmaydigan va jipslashgan boshqaruv jamoasini tashkil etolmaydigan chigirtkalarga aylanib qolishadi.
Va nihoyat, navbat boʻyicha oxirgi, biroq ahamiyatli boʻlgan sabab:
13. Doimiy onlayn kishilar oʻz hayotini nazorat qilishdan mahrum boʻladi. Smartfon yoki kompyuterdagi xabarnoma haqidagi signalni eshitgach, barcha ishlarini tashlab, virtual olamga singib ketadilar. Virtual olamga qachon kirishni oʻzlari emas, virtual olam hal qiladi. Ular diqqat-eʼtibori boʻlingan, fikrlash tarzi sodda chigirtkalarga aylanib qolishadi. Ular real olamda hech qachon 100 foiz mavjud boʻlishmaydi. Ular doimiy charchoq, surunkali zoʻriqish, unumdorlikning pastligi va yuzaki munosabatlardan aziyat chekishadi.
Oʻzingiz guvohi boʻlganingizdek, doimiy onlaynlik samaradorlik belgisi emas. Smartfon, kompyuterdan foydalanganingizda ushbu sabablarni hisobga olasiz degan umiddamiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?