date

AQSH Yaqin Sharqqa milliardlab qurol savdosini tasdiqladi

AQSH Yaqin Sharqqa milliardlab qurol savdosini tasdiqladi

AQSH hukumati Yaqin Sharq davlatlariga mo‘ljallangan yirik harbiy texnika va qurol-yarog‘ savdosini rasman ma’qulladi. AQSH Davlat kotibi Marko Rubio favqulodda tartibda amalga oshirilayotgan ushbu kelishuvni tasdiqlagan. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy qiymati 25,8 milliard dollarga teng bo‘lgan harbiy paket dastlab rejalashtirilgan 8,6 milliard dollarlik hajmdan qariyb uch baravar ko‘pdir. Bu esa bitim ko‘lami sezilarli darajada kengaytirilganini anglatadi.

Yirik harbiy ta’minot Bahrayn, Isroil, Quvayt, Qatar va BAA davlatlariga yo‘naltiriladi.

Ushbu mamlakatlar so‘nggi yillarda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida AQSH bilan harbiy hamkorlikni faol ravishda kengaytirib kelmoqda.

Ta’kidlanishicha, qurol-yarog‘ paketlari zamonaviy mudofaa vositalarini o‘z ichiga oladi. Bu birinchi navbatda ballistik raketalar va dronlardan himoya qilish uchun ishlatiladigan yuzlab Patriot PAC-3 MSE va GEM-T zenit-to'xtatuvchi raketalariga taalluqlidir.

Mutaxassislar AQSHning harbiy ishlab chiqarish quvvatlari hozirda yuqori yuklama ostida ekanini qayd etmoqda. Shu sababli buyurtmalarni to‘liq yetkazib berish bir necha yilga cho‘zilishi ehtimoli bor. Ayniqsa, global miqyosdagi geosiyosiy keskinlik va boshqa davlatlardan kelayotgan buyurtmalar ham bu jarayonga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Tahlilchilarga ko‘ra, ushbu yirik harbiy bitim Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bir tomondan, bu davlatlarning mudofaa salohiyatini oshirsa, boshqa tomondan mintaqadagi qurollanish poygasini yanada kuchaytirishi ehtimoli ham mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Yaqin Sharqqa milliardlab qurol savdosini tasdiqladi