Boʻgʻimlardagi ogʻriq sababi sport mashgʻulotlari davomida yaqindagina olingan jarohat yoki artrit bilan bogʻliq muammolar boʻlishi mumkin. Agar ushbu yoqimsiz his sizga tanish boʻlsa, gʻashni keltiruvchi ogʻriq kundalik hayotning bir boʻlagiga aylanib borishidan ham xabardorsiz. Bu muammoni butunlay bartaraf etuvchi parhez mavjud emasligiga qaramasdan, baʼzi mahsulotlar isteʼmoli bemor ahvolini yengillashtirishi mumkinligi isbotlangan.
Izlanishlar natijalari bilan oʻrgangan holda, qaysi mahsulotlarni ovqatlanish ratsioniga qoʻshish orqali yalligʻlanish xavfini kamaytirish, suyaklarni mustahkamlash va umuman olganda kundalik hayot tarzida oʻzini yaxshiroq his qilishga erishish borasidagi maʼlumotlar berib oʻtamiz.
1. Meva va rezavorlar
Koʻpchilikka maʼlumki, mevalar oʻz tarkibida inson organizmi va asosan immun tizimiga foydasi katta boʻlgan vitaminlarga boy hisoblanadi. Lekin bu hali hammasi emas.
Uzum. Ushbu rezavor nafaqat mazali, balki oʻz ichiga proantotsianidin oʻsimlik tarkibini olgani sababli boʻgʻimlardagi yalligʻlanish va ogʻriqni kamaytirish xususiyatiga ega.
Sitrus mevalar. Apelsin, greypfrutlar va boshqa sitrus mevalar isteʼmoli organizmning S vitaminiga boʻlgan ehtiyojini qondiradi, bu esa boʻgʻimlar yalligʻlanishi va ogʻriqning oldini oladi.
Olcha. Ushbu meva va aynan u asosida tayyorlangan nordon sharbat osteoartritdan aziyat chekuvchi insonlar hayotini yengillashtirdi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, atigi 3 hafta davom etgan olcha soki isteʼmolidan soʻng bemor ayollardagi yalligʻlanish koʻrsatkichlarining sezilarli pasayishi kuzatilgan.
2. Sabzavotlar va dukkakli oʻsimliklar
Bolaligimizda bizni sabzavotlar tanovul qilishga majburlagan ota-onalarimiz aslida toʻgʻri qilishgan: tabiat inʼom etgan ushbu mahsulotlarning inson organizmiga foydalari bebaho.
Ismaloq. Dengizchi Popay ismaloqni mazali taʼmi uchun sevgan edi. Lekin oʻsimlik antioksidantlarga ham boy. U kepmferol moddasini oʻz tarkibiga olgani, yalligʻlanish va ogʻriqni kamaytirishi, shuningdek, ostreoartritning rivojlanishini sekinlashtirish xususiyatiga egaligi isbotlangan.
Brokkoli. Boʻgʻimlardagi ogʻriqni yengillashtiruvchi va revmatoid artrit alomatlarini kamaytiruvchi sulforafan moddasini oʻz ichiga oladi. Balki ushbu maʼlumotdan soʻng brokkolini munosib baholovchilar koʻpayar.
Sarimsoq. Kasallikning oldini olish borasida gap ketganda ajoyib natija koʻrsata oladi. Izlanishlar orqali arterial qon bosimini tushirish va qon-tomir kasalliklarini kamaytirish xususiyatlari oʻrganilgan sarimsoqpiyoz shuningdek, yalligʻlanishga qarshi kuchli vosita hisoblanadi. Ostreoartrit rivojlanishi xavfini va uning ogʻriqli alomatlari oldini oladi.
Soya. Tarkibida yogʻlar kam va oqsil, sellyuloza, omega-3 kislotasiga juda boy hisoblanadi. Qayd etilgan moddalar boʻgʻimlardagi yalligʻlanish ogʻriqlarini bosishga yordam beradi. Ammo bu dukkakli oʻsimlikdan tayyorlangan mahsulotlarga emas, balki aynan oʻziga xos boʻlgan xususiyat hisoblanadi. Soyadan tayyorlangan mahsulotlarga esa odatda koʻp miqdorda shakar yoki tuz qoʻshilgan boʻladi.
Qizil loviya. Bu oʻsimlik ham kletchatkaga boy hisoblanib, boshqa donli oʻsimliklar singari S-reaktiv oqsili miqdorini kamaytiradi. Bundan tashqari, u immun tizimini mustahkamlovchi oqsil, foliy kislotasi, temir moddasi, magniy va kaliyga toʻyingan.
3. Aralashma va choylar
Taomlarga qoʻshimcha taʼm berishda foydalaniluvchi aralashmalar koʻplab foydali xususiyatlarga ega. Shifo boʻluvchi natijaga maksimal darajada erishish uchun ularni suvga qoʻshib qaynoq yoki yaxna ichimlik tayyorlash maqsadga muvofiq.
Zaʼfaron va kurkuma. Ular xuddi yalligʻlanishga qarshi vosita kabi taʼsir qiladi va artrit alomatlarini kamaytirishga oʻz hissasini qoʻshadi. Tadqiqotlar koʻrsatishicha, zaʼfaronning asosiy elementlaridan biri boʻlgan krotsin antioksidant va antiproliferativ xususiyatlarga ega, boʻgʻim ogʻriqlarida ijobiy samara koʻrsatadi.
Zanjabil. Tizza boʻgʻimlaridagi kuchli ogʻriqdan azob chekuvchi bemorlarning 63 foizlik qismi muntazam zanjabil isteʼmolidan soʻng sezilarli yengillik sezishganini taʼkidlashgan.
Koʻk choy. Oʻzining antioksidant taʼsiri va moddalar almashinuvini tezlashtirish xususiyati sababli keng tarqalgan. Bundan tashqari, tarkibida “polifenol” deb ataluvchi birikmalar mavjudligi tufayli yalligʻlanishlarga qarshi kurashadi, ogʻriqni yengillashtiradi. Boshqa tadqiqotlarda, shuningdek, koʻk choy oʻz ichiga olgan epigallokatexin-3-gaplat moddalari revmatoid artritdan aziyat chekuvchilardagi boʻgʻim shikastlanishlarini sekinlashtiradi.
4. Boshqa mahsulotlar
Boʻgʻimlar uchun foydali boʻlgan mahsulotlar roʻyxati odatiy meva va sabzavotlar bilan cheklanib qolmaydi.
Baliq va baliq moyi. Losos, tunes va forel kabi baliqning yogʻli turlari tarkibida koʻp miqdorda omega-3 yogʻini saqlaydi. Bu modda, olimlar taʼkidlashiga koʻra, yalligʻlanishga qarshi kurashadi va boʻgʻim ogʻriqlarini tez bosadi. D vitaminiga toʻyinganlik artrit va shu kabi kasallik simptomlarini bartaraf etadi.
Don mahsulotlari. Oq bugʻdoy mahsulotlaridan voz kechish kerak, ammo jigarrang makaronlar, suli yormasi, jigarrang tusdagi guruch qondagi S-reaktiv oqsili miqdorini kamaytira oladi. Oqsilning bu turi bir necha kasalliklar, shu jumladan artrit bilan bevosita bogʻliq hisoblanadi.
Yogʻ miqdori kam boʻlgan sut mahsulotlari. Yogurt, sut va pishloq suyak va immunitetni mustahkamlovchi kalsiyga va D vitaminiga boy mahsulotlardir. Ular oziq-ovqat miqdorini meʼyorlashtiruvchi ajoyib qoʻshimchalar hisoblanadi, osteoporoz va osteoartritdagi ogʻriqlarni yengillashtiradi.
Yongʻoq, pista va bodom. Barcha quruq mevalar oziqlantiradi, lekin aynan ushbu 3 xili tarkibida immunitetni kuchaytiruvchi koʻplab magniy, kalsiy, Ye vitamini, oqsil va alfa-linolen kislotasini uchratish mumkin. Bundan tashqari, yongʻoq omega-3 yogʻlariga boy, ular revmatoid artrit ogʻriqlarida yordam bera oladi.
Xulosa qilish mumkinki, zamonaviy tibbiyot sohasi rivojlanishi qancha ortmasin, hali hanuz tabiat ham bizdan oʻz yordamini ayamay kelmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?