13:53 / 01.12.2019
5 371

Quruq mevalarning foydali xususiyatlari

Quruq mevalarning foydali xususiyatlari
Quruq mevada yangi uzilgan mevaning barcha foydali xususiyatlari saqlanib qoladi. Shu tariqa, bizda foydali moddalardan nafaqat yozda, balki qishda ham bahramand boʻlish imkoni mavjud. Quyida Sizga baʼzi quritilgan mevalarning organizmga foydali jihatlari haqida bayon qilamiz.

Papayya shakarlangan mevasi (sukat) butun organizmni mustahkamlab, oqsillar almashinuvini tezlashtiradi.

Quritilgan xurmo (finik) ish qobiliyatimizni oshiradi, shuningdek, qoʻshimcha foydali moddalarga ega boʻlgani tufayli, shamollash va bosh ogʻrishida ogʻriqni qoldiruvchi vosita sifatida qoʻllanilishi mumkin. B5, E, H kabi vitaminlarga juda boy boʻlgan holda, xurmo qoqi immun tizimini mustahkamlaydi hamda qishni faol va xushchaqchaq tarzda oʻtkazishda yordam beradi.

Quritilgan nok ichak faoliyatiga ijobiy taʼsir oʻtkazadi, organizmdan toksinlar va ogʻir metallarni chiqarib tashlaydi.
Oʻrik turshagi kaliyning tengsiz manbaidir; yurakka yaxshi taʼsir qiladi va onkologik kasalliklar profilaktikasi uchun ajoyib vosita hisoblanadi.

Quritilgan anjir qalqonsimon bez faoliyatini normallashtiradi, organizmdan parazitlar chiqib ketishi uchun imkon yaratadi. U saraton hujayralari rivojlanishi oldini oladi, terini vitamin va mikroelementlar bilan taʼminlaydi.

Olxoʻri qoqi — oshqozon-ichak yoʻli faoliyatini yaxshilashda ajoyib vositadir, u qabziyatdan xalos qiladi va ovqat hazm qilish jarayonini tartibga soladi. Shuningdek, gipertoniyadan azob chekadigan, yurak va jigar bilan bogʻliq muammolari boʻlgan kishilar uchun ham ayni muddaodir. U revmatizmda ham qoʻl keladi, tarkibidagi A vitamini esa koʻrish qobiliyatini yaxshilaydi.

Mayiz yaxshigina antidepressantdir, shuningdek, qalqonsimon bez kasalliklarida yordam beradi.
Quritilgan olcha erkin radikallar harakatini neytrallashtiradi va shu tariqa, terini yoshartirish xususiyatiga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Quruq mevalarning foydali xususiyatlari