date

Barmoq bilan selfi tushish qanchalik xavfli?

Barmoq bilan selfi tushish qanchalik xavfli?

Barmoqlarni ko‘rsatib selfiga tushish xavfli bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar internetga joylanadigan, ayniqsa barmoqlar yaqin ko‘rinadigan yuqori aniqlikdagi suratlarga ehtiyotkorlik bilan yondashishni tavsiya qilmoqda.

Sababi, bunday rasmlardan biometrik ma’lumotlar, xususan barmoq izlarini tiklash ehtimoli mavjud. Yaponiya Milliy Informatika Instituti tadqiqotchilari bir necha yil avvalroq “V” belgisi bilan tushilgan suratlardan barmoq izlarini ajratib olish mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Ularning aytishicha, sifatli kamera va yaxshi yoritishda olingan suratlarda barmoq izlari ko‘rinib qolishi mumkin. So‘nggi yillarda esa sun’iy intellekt texnologiyalari bu xavfni yanada kuchaytirdi. Xitoylik ekspertlar SI yordamida oddiy selfilardagi barmoq izlarini aniqlashtirish va qayta tiklash mumkinligini aytmoqda. Biroq, mutaxassislar bu jarayon oddiy emasligini ham ta’kidlaydi. Buning uchun yuqori sifatli surat, maxsus dasturlar va texnik bilim talab etiladi.

Shunday bo‘lsa-da, internetga joylanadigan yaqin planli selfilarda ehtiyot bo‘lish tavsiya qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » Barmoq bilan selfi tushish qanchalik xavfli?