08:30 / 23.03.2020
8 143

Siz birinchi bo'lib nimani ko'rdingiz?

Siz birinchi bo'lib nimani ko'rdingiz?
Inson hamisha o'zi haqida bilishga qiziqadi. Quyidagi rasmlarga qaraganingizda bir ko'rishdagi xulosangizga qarab javoblarni o'qing.
Lablar: siz hamma narsani o'z holicha qabul qilasiz va ularni haqiqiy qiymati bo'yicha baholaysiz. Siz atrofingizdagi narsalarni o'zgartirish yoki aniqlashga, ularning yashirin ma'nolarini tushunishga harakat qilmaysiz.
Daraxtlar: siz boshqalarga qaraganda xayolparastsiz va o'ylaringiz bilan masalaga chuqur kirib ketasiz. Qolaversa, narsalarning tub mohiyatiga qiziqasiz va har qanday vaziyatda eng yaxshisini qidirasiz.
Ildizlar: siz ilg'or fikrli insonsiz. Mavjud vaziyatlarni o'zgartirishga yoki yaxshilashga harakat qilasiz.

Timsoh: tabiatan tafsilotlarga ahamiyatsiz va beparvosiz. Bundan tashqari, tavakkal qilishni yoqtirmaysiz, o'z manfaatingizni ustun qo'yadigan odatingiz ham bor.
Qayiq: sizga hodisalarning mohiyati yaqqol ko'rinib turishi kerak. Siz boshqalardan ajralib turishni yoqtirasiz, shuningdek, yaratuvchan va noyob inson bo'lishni afzal ko'rasiz. Nima bo'lmasin, dunyoni yaxlit tasavvur qilishga harakat qiling va vaqtingizni behuda ishlarga sarflamang.

2 ta yon tomon: siz kichkina narsalarga ham e'tibor berasiz. Muammolarga duch kelganingizda qochishni afzal ko'rasiz.
Shamdon: ehtiyotkorsiz, masalaning mohiyatini chetdan turib baholaysiz, uni yaxshilab o'rganasiz, ma'lumotlar yig'asiz, so'ng muammoni yechishga kirishasiz.

Qoya: siz atrofingizdagi o'zgarishlarga osongina moslashadigan optimistik odamsiz. Siz odamlar bilan tez til topishishga qodirsiz va bu yolg'izlikdan nafratlanishingizga olib keladi. Siz boshingizda minglab yangi g'oyalar bilan ishtiyoqli odamsiz.
Mushuk: siz barqarorlikni yoqtiradigan odamsiz. Psixologik va hissiy muvozanatni shaxsiy rivojlanishning asosi sifatida qabul qilasiz. Mas'uliyatli shaxssiz.
Yuz: siz dunyoni yangi kashfiyot va yutuqlarga boy makon sifatida ko'radigan nihoyatda ijodkor odamsiz. Intuitivlik, donolik, baxt va o'zingizning tinim bilmas qiziqishlaringizdan qoniqish siz uchun hayotdagi eng muhim narsalardir. Sizda barkamol did va san'at, she'riyat, musiqa va adabiyotga sezgirlik imkoniyati mavjud.

Juftlik: munosabatlarga kelganda siz juda jiddiy bo'lasiz. Doimo hayotingizning katta qismida siz bilan birga bo'ladigan yaqinlaringiz haqida o'ylaysiz.
Portlash: siz osongina qo'rqadigan odamsiz. Ozgina beparvosiz va natijasi qanday bo'lishini bilmasangiz, biror ishni qilishni yoqtirmaysiz. Ba'zida hatto o'zingiz bilan nizolarga borasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Siz birinchi bo'lib nimani ko'rdingiz?