Kundalik hayotimizda iste’mol qilish jarayonida taomlarning organizmga ko‘rsatadigan ta’siri haqida o‘ylab ham ko‘rmaydigan bir qator oziq-ovqat turlari mavjud. Quyidagi ro‘yxatda sog‘lig‘imiz, kuch va yoshligimizning yashirin dushmanlari aks etgan. Nega aynan ular? Buning sababi juda oddiy, ushbu muntazam ravishda iste’mol qilinadigan oziq-ovqatlar vazn ortishi, ajin va toshmalar paydo bo‘lishi, shuningdek, kapillyar qon tomirlari kengayishiga hissa qo‘shadi.
Shakar
Albatta, ro‘yxatni shakar boshlab beradi. Shirinliklarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilishning zararli tomonlari haqida allaqachon ko‘p narsa aytilgan. Aynan shakar so‘lg‘in, rangpar yuz terisi, sellyulit va ajinlar uchun javobgardir. Albatta, ortiqcha vazn uchun.
Ratsionda shirin oziq-ovqat ko‘payishi tana kislotasini haddan tashqari oshirib yuboradi, immunitetni pasaytiradi va qarishga qarshi gormonlar ishlab chiqarishni kamaytiradi.
Tabiiy asal, qiyom, steviya o‘simligi shakar o‘rnini bosuvchi foydali mahsulot bo‘la oladi. Pishiriqlar o‘rniga quritilgan mevalar iste’mol qilish yaxshiroq.
Spirtli ichimliklar
Yodda tutingki, spirtli ichimliklar tanaga hech qanday foyda keltirmaydigan bo‘sh kaloriya hisoblanadi. Spirtli ichimliklarni muntazam iste’mol qilish gormonal muvozanat va jigar faoliyatini ishdan chiqaradi. Bundan tashqari, alkogol qon ta’minotini buzadi.
Konservalangan mahsulotlar
Konserva mahsulotlarining aksariyati tarkibida depressiya va gormonal uzilishlarga olib keladigan kimyoviy qo‘shimchalar saqlaydi.
Qovurma taomlar
Mahsulot qancha ko‘p qiyomi chiqarib qovurilsa, undagi ozuqaviy moddalar shuncha kamayadi, charchoq va yallig‘lanishni keltirib chiqaradigan og‘ir elementlar esa ko‘payadi. Hatto cho‘g‘da pishirilgan sabzavotlar ham tanaga foyda keltirmaydi.
Gazli ichimliklar
Bir stakan gazli suv tarkibida 10 osh qoshiq tozalangan shakar mavjud. Bundan tashqari, ushbu ichimliklar o‘z tarkibida qarishni tezlashtiruvchi fosfatlar saqlaydi. Shuningdek, parhezbop gazlangan suvlarga urg‘u beradigan reklamalarga ishonmaslik kerak – sun’iy shirin ta’m beruvchi qo‘shimchalar shakardan ko‘ra kam zararli emas. Notabiiy moddalar ovqat hazm bo‘lish jarayonini sekinlashtiradi.
Sut mahsulotlari
Hozirda gipermarketlarda sotiladigan sut mahsulotlari juda ko‘p miqdorda antibiotik va gormon qo‘shimchalarni o‘z ichiga oladi va ular tanaga insulin moddasi singishiga sabab bo‘ladi. Bu terining holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Sut oqsili, kazein, shakar va laktoza yallig‘lanishni, gaz yig‘ilishi, shish va vazn ortishiga olib keladi. Shuningdek, echki va qo‘y sutidan tayyorlangan pishloq hazm qilinishi sigir sutidan tayyorlangan mahsulotlarga qaraganda osonroq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi