16:10 / 17.06.2020
3 453

Quyoshdan himoyalanish haqida siz bilmagan 7 ta fakt

Quyoshdan himoyalanish haqida siz bilmagan 7 ta fakt
Foto: Getty Images
Quyoshning ultrabinafsha nurlari terining erta qarishi, ajin va dog‘ tushishiga sababchi bo‘ladi.

Lab uchun mo‘ljallangan balzamdan foydalaning
Lab terisi juda nozik bo‘lgani hisobiga quyosh nurlaridan saqlash va namlantirib turish kerak bo‘ladi. Buning uchun tarkibida SPF bo‘lgan himoya bo‘lgan vositalari, balzam va lab bo‘yoqlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Gadjetlardan foydalanishni kamaytiring
Gadjetlar teriga quyosh nuridan kam bo‘lmagan zarar yetkazadi. Televizor, kompyuter yoki telefon qarshisida soatlab o‘tirish yuzga erta ajin tushishi, ko‘z tagida qora dog‘lar paydo bo‘lishi va teri elastikligining yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Uyquga yotishdan 2-3 soat avval telefonni o‘zingizdan uzoqqa olib qo‘yishga, o‘chirishga odatlaning. Kosmetik vositalarni xarid qilayotganingizda antioksidantlarga qanchalik boy ekaniga e’tibor qarating, tarkibida E va C vitaminlariga boy bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qiling.

SPF kremlari tarkibiga e’tibor qarating
Quyosh nurlari ta’sirida teri qurishni boshlaydi va bu vaqtda nurlardan himoyalovchi kremlarga bo‘lgan talab yuqori bo‘ladi. Lekin SPF deb yozilgan har qanday kremni ham xarid qilavermaslik, uning tarkibi va teriga qanchalik mos tushishini diqqat bilan o‘rganish kerak. Iloji boricha tarkibida seramid, yog‘ kislotalari hamda skvalan bo‘lgan kremlarni tanlang.

Ichki himoyaga ham e’tibor qarating
Quyosh nurlaridan zararlanishda faqatgina tashqi himoyalanishga e’tibor qaratish yaramaydi. Iste’mol qilayotgan mahsulotlaringiz yallig‘lanishning oldini oluvchi omega-3’ga boy bo‘lishi kerak.

Kremni bir kunda bir marta ishlatmang
SPF vositalar 2 soatlik ta’sir kuchiga ega bo‘ladi. Shu bois ham kun davomida uni yangilab turish kerak. Quyoshdan himoyalovchi kremlarni bir kunda bir martadan ko‘p, shuningdek, nafaqat yozda, balki kuz va bahor fasllarida ham foydalanish tavsiya qilinadi.

Quyoshda ortiqcha toblanishga oshiqmang
Quyosh nurida ortiqcha toblanish terining qizarib kuyishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida teri saratoniga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois quyoshda toblanishdan avval SPF vositalardan foydalanish, oftob urmasligi uchun kepka yoki shlyapa kiyishga odatlaning.

Atirni kamroq ishlating
Aniqlanishicha, atir sepilgan tana qismi ultrabinafsha nurlari uchun ayni muddao sanaladi va oqibatda bo‘yin yoki yelkada dog‘lar paydo bo‘ladi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Quyoshdan himoyalanish haqida siz bilmagan 7 ta fakt