09:32 / 11.07.2020
5 564

Dunyoni o‘zgartirgan 12 ayol

Dunyoni o‘zgartirgan 12 ayol
Necha yillar mobaynida tarix shijoatli, aqlda tengsiz, ilm-fan, adabiyot, aviatsiya sohalarida tanilgan, irqiy tengsizlik hamda ayollar huquqlari borasida o‘z fikrini baralla ayta olgan va kurashgan kuchli ayollarni ko‘rdi. Ular orasida 12 ayol borki, ular dunyoni o‘zgartira olgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Keling, ular bilan tanishamiz.

1. Jeyn Ostin (1775-1817)

Romantik komediyalar qirolichasi Jeyn Ostin Angliyada tug‘ilgan. Uning asarlarida ayollarning jamiyatdagi roli va o‘rni chiroyli tarzda yoritilgan. “G‘urur va andisha”, “Aql va zehn” asarlari uni dunyoga tanilishiga sabab bo‘lgan. Ostin eng mashhur romanlarning muallifi ekanini ancha payt yashirgan, vafotidan so‘ng esa ukasi Henri asarlar Jeynga tegishli ekanligini ommaga oshkor qildi. Uning asarlari hali hanuz o‘z qiymatini yo‘qotmagan.

2. Anna Frank (1929-1945)

“Anna Frankning kundaligi”- Ikkinchi Jahon urushi haqidagi eng qayg‘uli, adolatli va ta’sirli asar hisoblanib, u germaniyalik o‘smir qizaloq tomonidan yozilgan. Bu asar dunyoning deyarli 70 ta tillariga tarjima qilingan, unda tarixdagi eng g‘ayriinsoniy paytlar va holatlarni yaqqol tasviri berilgan, unda umuminsoniy sifat va tuyg‘ular: sabr, muhabbat, umid, istak, qayg‘u va qudrat haqida so‘z yuritilgan.

3. Maya Anjelou (1928-2014)

Bu ayol Amerika tarixidagi eng nufuzli xonimlardan biri bo‘lib, shoira, qo‘shiqchi, memuarist, inson huquqlari himoyachisi sifatida xalq yodida qolgan. Uning “Men qafasdagi qush nega kuylashini bilaman” nomli memuar asari ulkan mukofotga sazovor bo‘lishi bilan birga afro-amerikalik ayol tomonidan yozilgan ilk best-seller asar hisoblanadi. Umri davomida irqiy tengsizlik va kamsitishlardan aziyat chekkan Anjelou asarlari jamiyatdagi ushbu yirik muammolarga qarshi baland ovoz bo‘lib maydonga chiqdi.

4. Qirolicha Elizabet I (birinchi) (1533-1603)

U o‘zini “Bokira qirolicha” deb atagan, chunki u erkak kishiga turmushga chiqishni emas, o‘z mamlakatini tanladi. Britaniya tarixida u eng muvaffaqiyatli monarxlardan biri hisoblanadi, uning boshqaruvi ostidagi yillar mobaynida Angliya siyosat, savdo va san’at bobida Yevropaning yirik qudratli davlatiga aylandi.

5. Buyuk Ketrin (1729-1796)

Dunyoning buyuk tarixiy shaxslaridan, Prussiya qirolichasi hamda eng shavqatsiz ayollardan biridir. Rus qiroliga muhabbatsiz turmushga chiqqan Ketrin o‘z eri - Piter III ni taxtdan ag‘darishga boshchilik qiladi va 1762 yilda o‘zini Imperator ayol deb e’lon qiladi. Uning davrida Rossiya zamonaviylashdi, qizlar uchun ilk davlat maktablari ochildi, iqtisodiyot, savdo va san’at rivojlandi.

6. Sojune Trut (1797-1883)

Amerika tarixidagi eng yorqin g‘oyalar muallifi bo‘lgan qora tanli ayol, o‘zining ruhlantiruvchi nutqlari bilan ayollar orasida juda mashhur. Sojune 9 yoshida qul qilib sotilgan va yillar davomida juda ko‘p qiyinchilik, azobga chidab kelgan, keyinchalik o‘z ozodligi uchun kurashgan. U 1851 yil Akronda Ohayo Ayollar Huquqlari Konvensiyasida “Men ayolmanmi?” deb atalgan nutqini so‘zlagan va bu hozirgacha o‘z ta’sirini yo‘qotmagan.

(Davomi bor)
Dilorom Begmatova tarjimasi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dunyoni o‘zgartirgan 12 ayol