date

Poshna balandligi qaysi me’yorda sog‘lom hisoblanadi?

Poshna balandligi qaysi me’yorda sog‘lom hisoblanadi?

Ayollar ko‘pincha baland poshnali tuflilarda o‘zini ishonchli va chiroyli his qiladi. Biroq mutaxassislar ta’kidlashicha, 10 santimetr va undan yuqori poshnada yurishni odatga aylantirish sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday poyabzal oyoq shaklini o‘zgartirib, turli deformatsiyalarga olib kelishi mumkin. Shu sababdan ortopedlar bu kabi tuflilarni faqat maxsus tadbirlar yoki onda-sondagina kiyishni maslahat berishadi.

Baland poshnaning asosiy xavflaridan biri — yassioyoqlikdir. Bu holat nafaqat oyoq panjasida, balki butun oyoq bo‘ylab og‘riqlarni keltirib chiqaradi. Ilgari faqat poshnasiz poyabzal, ayniqsa krossovka va sport tuflilarni har kuni kiyish yassioyoqlikka sabab bo‘ladi, degan fikrlar bor edi. Ammo zamonaviy ortopedlar baland poshnalar ham xuddi shunday xavf tug‘diradi, deya uqtirmoqdalar. Shu bilan birga, yalangoyoq yurish oyoq suyaklari va mushaklarining to‘g‘ri rivojlanishi uchun juda foydali hisoblanadi.

Shifokorlar kundalik hayot uchun poshnasi 2–4 santimetr bo‘lgan tuflilarni tavsiya qiladilar. Shu bilan birga, poyabzal faslga mos, oyoq o‘lchamiga mutanosib va qulay bo‘lishi zarur. Aslida, oyog‘ingizdan kichik tufli kiyish umuman tavsiya etilmaydi — ozgina farq ham barmoqlarni qisib, turli nuqsonlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Alohida holat sifatida homilador ayollar uchun eslatma: ularga 4 santimetrdan baland poshnali tuflilar tavsiya etilmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Poshna balandligi qaysi me’yorda sog‘lom hisoblanadi?