date

Ilk marta ota bo‘lgan erkak miyasida ajoyib o‘zgarishlar aniqlandi

Ilk marta ota bo‘lgan erkak miyasida ajoyib o‘zgarishlar aniqlandi

Amerikalik olimlar yangi tadqiqot orqali ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasida sodir bo‘ladigan hayratlanarli jarayonlarni ochib berdi. Los Anjeles va Shimoliy Karolina universitetlari olimlari o‘tkazgan tajriba natijalari Human Brain Mapping jurnalida e’lon qilindi va katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadqiqot doirasida 32 nafar yosh otalar ishtirok etdi. Bolalari tug‘ilganidan sakkiz oy o‘tgandan keyin ular funksional MRT orqali tekshiruvdan o‘tkazildi. Jarayon davomida erkaklarga turli ko‘rinishdagi videolar namoyish etildi:

  • o‘z farzandlarining qisqa videolari;

  • begona chaqaloqlar suratlari;

  • homilador turmush o‘rtog‘ining videolari;

  • notanish ayol tasvirlari.

Natijalar shundan dalolat berdiki, otalar o‘z farzandini ko‘rganida miyaning orqa qismi (posterior cingulate cortex) va frontal qismi (orbitofrontal cortex) kuchliroq faollikka ega bo‘ladi. Bu sohalar insonda emotsiyalarni nazorat qilish, boshqalar his-tuyg‘ularini anglash va ularga javob qaytarish tizimi bilan chambarchas bog‘liq. Qizig‘i shundaki, begona chaqaloq yoki hatto homilador turmush o‘rtog‘i videolaridan ko‘ra, aynan o‘z bolasini ko‘rgan paytda otalarda miya faolligi ancha kuchli bo‘lgan.

Olimlar fikricha, bu holat oddiy ijtimoiy reaktsiya emas, balki ota va farzand orasidagi chuqur psixologik bog‘lanishni namoyon etadi.

Shu bilan birga, ota bo‘lish erkak organizmida gormonal o‘zgarishlarni ham keltirib chiqaradi:

  • testosteron darajasi pasayadi;

  • oksitotsin va prolaktin miqdori ko‘payadi.

Bu gormonal o‘zgarishlar otaning bolaga mehrini yanada oshiradi, emotsional aloqani mustahkamlaydi va g‘amxo‘rlik tuyg‘usini kuchaytiradi.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ota bo‘lgan erkaklarda miyaning emotsiyalarni boshqarish, his-tuyg‘ularni anglash va farzand ehtiyojlarini sezish bilan bog‘liq tarmoqlari faolroq ishlay boshlaydi. Bu esa ularning bolaga e’tibori va g‘amxo‘rligi ortishiga xizmat qiladi. Olimlar fikricha, erkaklar miya faoliyatidagi bunday o‘zgarishlar uzoq muddat davomida saqlanishi mumkin.

Mazkur tadqiqot ota-ona va farzand munosabatlariga doir bilimlarimizni yanada to‘ldirdi. Agar avval asosiy e’tibor ko‘proq ona va bola aloqasiga qaratilgan bo‘lsa, endilikda otalikning ham miya faoliyatini tubdan o‘zgartirishi isbotlandi. Endi olimlar bu jarayonni yanada chuqur o‘rganib, ota-bola munosabatini mustahkamlash va oilaviy psixologik sog‘liqni yaxshilash yo‘llarini topishni maqsad qilishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Ilk marta ota bo‘lgan erkak miyasida ajoyib o‘zgarishlar aniqlandi