date

2025 yilning eng xavfsiz besh davlati e’lon qilindi

2025 yilning eng xavfsiz besh davlati e’lon qilindi

Iqtisodiyot va Tinchlik Instituti tomonidan tuzilgan 2025 yilgi Global Tinchlik Indeksi dunyoning eng xavfsiz mamlakatlarini aniqladi. Reyting 23 ta ko‘rsatkich, jumladan, jinoyatchilik darajasi, terrorizm, harbiy xarajatlar va xalqaro mojarolarda ishtirok kabi mezonlarga asoslanadi.

Islandiya 2008 yildan buyon birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Mamlakatda politsiya qurolsiz xizmat qiladi, ijtimoiy tenglik siyosati yuqori darajada va fuqarolar tunda ham bemalol yurishi mumkin.

Irlandiya ham tinchlikni saqlashda yetakchilardan. Neytrallik siyosati, past jinoyatchilik darajasi va kuchli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi mamlakatda osoyishta muhit yaratmoqda.

Yangi Zelandiya uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Qat’iy qurol nazorati, mustahkam ijtimoiy tizimlar va tabiat bilan uyg‘un hayot mahalliy aholiga ham, sayyohlarga ham xavfsizlik hissini beradi.

Avstriya va Shveytsariya esa kuchli ijtimoiy tizimlari hamda harbiy neytralligi tufayli to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni egalladi. Mutaxassislar bu davlatlarning barqaror siyosati ularni yashash va sayohat qilish uchun eng qulay joylardan biriga aylantirganini ta’kidlamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » 2025 yilning eng xavfsiz besh davlati e’lon qilindi