2025 yilning 26 avgust kuni Rossiya armiyasi Donetsk viloyatining Dobropole shahri va unga yaqin hududlariga kuchli hujumlar amalga oshirdi. Artilleriya va aviatsiya zarbalari natijasida shaxtada bo‘lgan 148 nafar shaxtyor to‘silib qoldi, ularning elektr ta’minoti uzilishi sababli chiqib ketishi mumkin bo‘lmadi.
RBK-Ukraina axborot agentligiga ko‘ra, hujumlar oqibatida shaxtalarda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan va natijada ko‘mir shaxtasida faoliyat olib borayotgan ishchilar yer ostida qolib ketishdi.
Mahalliy aholi va telegram-kanallardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Dobropole, Belozerskoye, Annovka, Iverskoye va Svyatogorovka shaharlari hujumga uchragan. Bundan tashqari, Dobropole shahriga kamida to‘rtta aviatsion bomba tashlangani haqida xabarlar kelmoqda.
Hozirda, shaxtyorlarni qutqarish uchun qutqaruvchilarning jadal harakatlari olib borilmoqda, ular shaxtyorlarni yer ostida qolib qetishidan qutqarishga harakat qilmoqda. Vaqt bilan raqobat qilish va qurbonlar sonini kamaytirish maqsadida ishlar davom etmoqda.
Donetsk viloyatida Rossiya hujumi oqibatida 150 nafar shaxtyor yer ostida qoldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar