Olimlar olib borgan so‘nggi tadqiqotga ko‘ra, qora shokolad va qizil sharob faqat zavq uchun emas, balki sog‘liq uchun ham foyda keltirishi mumkin. Peopletalk xabariga ko‘ra, ular insonni yurak kasalliklari va saraton xavfidan asrab, uzoqroq yashashga yordam beradi.
Bu foyda flavonoidlar bilan bog‘liq — ular o‘simlik asosli mahsulotlarda uchraydigan, kuchli antioksidant va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega moddalardir.
Antioksidantlar organizmni tamaki tutuni va ultrabinafsha nurlari kabi tashqi xavflar ta’siridan himoya qiladi. Shuningdek, yallig‘lanishga qarshi ta’sir esa semizlik, yurak xastaliklari, artrit hamda boshqa surunkali kasalliklar bilan bog‘liq yallig‘lanishni kamaytiradi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, turli xil oziq-ovqatlardan flavonoidlarni turli manbalar orqali qabul qilish, ularni bir xil manbadan ko‘p miqdorda olishdan ko‘ra samaraliroqdir. Hatto tadqiqotga ko‘ra, bunday parhez o‘lim xavfini 14 foizga kamaytiradi.
Qora shokolad va qizil sharob — flavonoidlarga boy ozuqalarning faqat ikki namunasi. Ular bilan birga choy, olma, rezavorlar, apelsin va uzum kabi mahsulotlarni ham iste’mol qilish tavsiya etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!