19:55 / 05.08.2020
2 495

Muammolar haqida atrofdagilarga so‘zlab berish: Bu nima uchun muhim?

Muammolar haqida atrofdagilarga so‘zlab berish: Bu nima uchun muhim?
Foto: Cosmopolitan
Ayrim odamlar do‘stlariga, oila a’zolariga, hatto ijtimoiy tarmoqda ham o‘zini qiynayotgan muammolar haqida gapirishni yaxshi ko‘rsa, ba’zilar aksincha, barchasini ichiga yutsa, hamma uchun yaxshi bo‘lishiga ishonadi.

Odatda, inson baxtlilarga havas qiladi. Chunki ularda qo‘llab-quvvatlash, kayfiyatni ko‘tarish kabi xislatlar mavjud. Aynan ularning oldida muammolarni aytishdan tortinish va o‘zni hech narsa bo‘lmagandek ko‘rsatish holati ko‘p uchraydi. Albatta, muammo paydo bo‘ldimi, darhol salbiy fikr yoki shov-shuv ko‘tarish tavsiya etilmaydi. Lekin sodir bo‘lgan muhim narsalarni hamjihatlikda baham ko‘rish kerak.

Faqat qo‘llab-quvvatlash mumkin
Gohida sizga maslahat kerak bo‘ladi, gohida yordam – moddiy yoki jismoniy. Ba’zida esa shunchaki yengil bo‘lishingiz uchun taskin beruvchi so‘zlar zarur bo‘ladi. Eng muhimi, atrofingizdagilar siz aynan nimani xohlashingizni tushunadi, siz uchun nimalar qila olishini biladi.

Barchasini ichga yutish sog‘liqqa zarar
Yoningizda sizni tinglashga tayyor, ko‘ngilga shifo ulashuvchi insonlar topilmasa, qayg‘u, ayriliq, og‘riq, yolg‘izlik sarosimadan tamom bo‘lishingiz hech gap emas. Agar muammo chindan ham jiddiy bo‘lsa-yu, siz uni yashirishga harakat qilayotgan bo‘lsangiz, haqiqiy sehrgarsiz. Yaxshi tomoni shundaki, qayerda muammoga uchragansiz va uning tafsilotlari haqida hech kim hech narsa bilmaydi.

Insonlar siz bilan qanday hodisalar yuz berayotganini bilgani yaxshi
Birinchidan, sizning vaziyatingizni tushunishadi. Masalan, kechagina yaqin insoningizni yo‘qotdingiz. Ishxonada esa xatolikka yo‘l qo‘ydingiz. Ular bunday vaziyatda sizni tushunadi hamda kamchiliklarni bartaraf etadi.

Ikkinchidan, shunday umumiy muammolar ham bo‘ladiki, uni barcha bilishi kerak. Ba’zida insonlar bir-birini takror-takror ranjitadi va bu haqida o‘ylash xayoliga ham kelmaydi. Balki, ularga yoshligida birovni kamsitish yaxshi ish emasligi o‘rgatilmagandir.

Xulosa qilib aytganda, shikoyat qilganda muammoning alomatlari emas, yechimi haqida o‘ylash kerak. Masalan, jamoat transportida oyog‘ingizni kimdir bosib oldi. «Oyog‘imni transportda bosib oldi, hatto kechirim ham so‘ramadi, endi ko‘karib ketdi, yuragim ham boshqacha uryapti» – bu shikoyat. «Unchalik og‘riq bo‘lmadi, xuddi oyog‘im toyigandek. Odamlar, kelinglar, bir-birimizga e’tiborli bo‘laylik» – bu yaxshiroq, hatto taklif desa ham bo‘ladi.

Yoki muammo bartaraf bo‘ladigan paytda aytilishi zarur. «Shu shirinlikni olib kelishingni xohlagandim, sen esa unutding» – kechasi soat uchda bunday shirinlikni qayerdan topsin?! Ertangi kuni yodiga sol, sotib olish imkoniyati bo‘ladi.

Kim qanday vazifaga mas’ul ekanligiga e’tiborli bo‘lish kerak. «Hisobchi menga oylik berishda adashdi» – bu haqida bufetchiga aytib o‘tirish befoyda. Hisobchi bilan gaplashish zarur. Muammo sababchisini emas, yechimini izlash kerak. Bu barchaning kundalik hayotida deyarli har kuni uchraydigan holat. Muammolar qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ularning yechimi ham, albatta, bo‘ladi. Uni izlash faqatgina o‘zingizga bog‘liq bo‘lib qolaveradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Muammolar haqida atrofdagilarga so‘zlab berish: Bu nima uchun muhim?