12:56 / 14.01.2021
811

Afsonami yoki haqiqat: massaj bilan vazn yo‘qotish mumkinmi?

Afsonami yoki haqiqat: massaj bilan vazn yo‘qotish mumkinmi?
Foto: Marie Claire
Inson tanasining eng sezgir tizimlaridan biri – bu limfa tizimi. Limfa esa tanadagi barcha hujayralarni yuvadigan shaffof suyuqlik. Aynan har kuni tanani to‘ldiruvchi toksin hamda parchalanadigan mahsulotlarni zararsizlantirishga va ularni yo‘q qilishga yordam beradi.

Yillar davomida muvozanatsiz ovqatlanish, ekologiya, zararli odatlar va harakatsiz turmush tarzi natijasida tana charchaydi va limfa suyuqligi harakatining sekinlashuvi va hattoki, buzilishiga ham olib keladi. Sababi yillar mobaynida to‘plangan chiqindilar limfa yo‘llarini to‘sib qo‘yadi.

Buning ortidan esa bir qancha muammolar paydo bo‘ladi. Uyquchanlik yoki uyqusizlik, charchoq, faollikning sustlashuvi, ortiqcha vazn, shish, terining yumshashi, rangdagi o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Shifokorlar limfodrenaj massaji yordamida limfa tiqilishiga qarshi kurashishni maslahat beradi, u tanani tetiklashtiradi va ruhni yengillashtiradi.

Nima uchun kerak?
Massaj ortiqcha vazn bilan birga, tanadagi toksinlarni chiqarib tashlashga yordam beradi, mavjud muammolarni hal qiladi. Shuningdek, kelib chiqishi kutilayotgan salbiy holatlarning oldini oladi. Shuning uchun ham tanani davolashning kuchli klassik vositasi hisoblanadi.

Qanday amalga oshiriladi?
Limfodrenaj massaji limfa tomirlari bo‘ylab qo‘llarning silliq harakatlari bilan pastdan yuqoriga qarab amalga oshiriladi. Limfodrenaj modda almashinuvi jarayonini yaxshilashga yordam beradi, shuningdek, tinchlantiruvchi asab tizmiga ta’sir qiladi.

Ko‘pincha 10-12 seansdan iborat limfodrenaj massaj kursi tavsiya etiladi
Kursdan so‘ng bosh og‘rig‘ining pasayishi, immunitetning tiklanishi, quvvatning ortishi va albatta, oxiri vazn tashlash bilan yakunlanadi. Limfodrenaj massaji har 2-3 oyda takrorlanishi kerak, shunda salomatlik yanada mustahkamlanadi. Massaj nihoyatda foydali bo‘lsada, ammo u tavsiya qilinmaydigan holatlar ham mavjud: homiladorlik, tanadagi faol infeksiyalar, saraton va teri shikastlanishi.

Qayerda amalga oshiriladi?
Ortiqcha vaznni yo‘qotish uchun massajni qo‘llar yordamida asal yoki qahva bilan amalga oshirish mumkin. Birinchi navbatda, tanadagi muammoli joylarga asal ingichka qatlam holida suriladi. Asta-sekin teri yurakka qarab silanadi va massaj qilinadi. Tananing har bir qismiga kamida 15-20 daqiqa sarflanadi. Massajdan so‘ng asal iliq suv bilan yuvilib, selulitga qarshi krem suriladi. Bu kabi limfodrenaj 2 hafta davomida har kuni amalga oshirilishi kerak.

Albatta, jismoniy faoliyat va to‘g‘ri ovqatlanishni ham birlashtirish zarur. Bu ko‘p kuch talab qilishi mumkin, ammo sabr qilish yaxshi natijani beradi. Qahva limfodrenaji uchun qaynatilgan qahva po‘stlog‘i yig‘ib olinadi, unga zaytun moyini ham qo‘shish mumkin. Ushbu holatda ham aralashma muammoli joylarga suriladi va yuqorida aytilganidek massaj qilinadi. Natijada teri yanada taranglashadi, ammo jarayondan so‘ng krem surishni unutmaslik zarur.

LPG massaj muolajasi

Foto: Marie Claire
Uy sharoitida limfodrenaj massaji qon-tomirlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, teri holatini yaxshilaydi va ortiqcha vaznga qarshi kurashda yordamchi bo‘ladi. Limfodrenaj massaji uchun salonga ham borish mumkin. U yerda massaj uskunasi yordamida odatda zararlangan hududda jarayon qo‘llaniladi. Shuningdek, uskuna teri yuzasida osongina harakatlanadi, mushaklar bo‘shashadi, tanada suyuqlikning aylanishi yaxshilanadi – bularning barchasi selulitdan xalos bo‘lishga, yog‘ birikimalarining erishiga, shishni, vaznni kamaytirishga yordam beradi.

Massaj jarayoni tanlangan hududga qarab 30 daqiqadan 2 soatgacha davom etishi mumkin. Birinchidan, natija darhol seziladi, shuningdek, bir necha hafta ichida teri ko‘rinishi asta-sekin ijobiy tomonga o‘zgaradi. Pressoterapiya – bu limfa tezlashuvining yana bir turi bo‘lib, unda mijozga maxsus kiyim kiydiriladi. So‘ngra qurilma yordamida muammoli joylarga kerakli bosim o‘tkaziladi, bu esa limfani to‘g‘ri yo‘nalishga surib, harakatni tezlashtiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)