date

Kechagi damlangan choy sog‘liqqa xavf solishi mumkin — shifokorlar ogohlantirmoqda

Kechagi damlangan choy sog‘liqqa xavf solishi mumkin — shifokorlar ogohlantirmoqda
Sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari uchun yana bir muhim masala kun tartibiga chiqdi: shifokorlar bir kun oldin damlangan choyning salbiy ta’siri haqida ogohlantirmoqda. Mutasaddi mutaxassislar ta’kidlashicha, choy damlanganidan keyin bir necha soat o‘tgach, ho‘l barglar ichida bakteriyalar faol ko‘paya boshlaydi, bu esa uning foydali xususiyatlarini va antioksidantlarini yo‘qotishiga olib keladi. Shu bilan birga, choyning tabiiy ta’mi ham yomonlashadi.

Ayniqsa, damlangan choyni bir kundan ortiq vaqt saqlash mutlaqo tavsiya etilmaydi. Chunki bu paytda undagi zararli mikroorganizmlar ko‘payib, iste’mol qilish xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Mutaxassislar ta’kidlashicha, shunday choyni ichish oshqozon-ichak kasalliklari, intoksikatsiya, hatto ovqatdan zaharlanish holatlariga sabab bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas.

Tibbiyot xodimlari har doim yangi damlangan choyni iste’mol qilishni tavsiya etadi. Bu nafaqat ichimlikning toza va yoqimli ta’mini, balki inson sog‘lig‘ini muhofaza qilishda ham katta ahamiyatga ega. Shu bois, kun davomida damlangan choyni saqlamasdan, birdaniga toza holda iste’mol qilish eng to‘g‘ri yo‘l sanaladi.

Zamin.uz mutaxassis maslahatlari va salomatlik yangiliklarini siz uchun yoritishda davom etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Kechagi damlangan choy sog‘liqqa xavf solishi mumkin — shifokorlar ogohlantirmoqda