12:50 / 18.01.2021
1 396

Husnbuzarlar yuzda emas, tanada paydo bo‘lsa: kelib chiqish sabablari va davolash usullari

Husnbuzarlar yuzda emas, tanada paydo bo‘lsa: kelib chiqish sabablari va davolash usullari
Foto: «Vesti»
Hunsbuzarlar faqat kosmetik muammo emas. Agar ular badanda paydo bo‘lsa, bu biror nomutanosiblikning belgisidir. Bunday vaqtda tana yordamga muhtoj bo‘ladi. Yuzda paydo bo‘luvchi husnbuzarlar haqida ko‘p tavsiyalar berilgan, ammo badandagilari nimani anglatishi haqida bilib olish zarur. Eng muhimi, ularga qanday chora ko‘rishni bilish kerak.

Nega badanda husnbuzar paydo bo‘ladi?
Ushbu muammo ikki xil sabab tufayli yuzaga kelishi mumkin: tashqi va ichki. Tashqi tomondan ko‘pincha gigiyena talablarining buzilishi, shuningdek, sifatsiz kiyimlar yoki yomon ekologiya tufayli yuzaga keladi. Ichki sabablar esa odatda endokrin tizimning buzilishi, dori-darmonlar qabul qilishning nojo‘ya ta’siri, stress va ovqatlanishning buzilishi bilan bog‘liq.

Tashqi sabablar:
  • Gigiyena. Gigiyena bilan bog‘liq muammolar eng keng tarqalgan sabablardan biridir. Yelka sohasida yog‘ bezlari ko‘p bo‘lib, bakteriyalar shu tufayli faol bo‘ladi va husnbuzarlarni keltirib chiqaradi. Agar ushbu hudud keraklicha yuvilmasa yoki aksincha, juda ko‘p yuvilganda ham bakteriyalar ortishi kuzatiladi;
  • Sifatsiz kiyim. Sintetik kiyim juda qattiq terlashni keltirib chiqaradi. Natijada bakteriyalar tufayli husnbuzarlar toshishi kuzatiladi;
  • Uzun sochlarni noto‘g‘ri parvarish qilish. Tez-tez yuvilmagan uzun sochlar ham bel va yelka sohasida husnbuzarlar toshishiga olib keladi. Ammo sochlarni me’yoridan ortiq yuvish ham xuddi shu holatni paydo qiladi. Sochlar yuvilishi natijasida toza bo‘lmagan suv va shampun yelka qismdan oqib o‘tadi va teri teshikchalarini yopib qo‘yadi. Natijada toshmalar paydo bo‘lishiga olib keladi;
  • Noto‘g‘ri bo‘yanish. To‘g‘ri kelmagan kosmetik vositalar yuz terisi kabi tanaga ham zararli bo‘lishi mumkin. Badanda husnbuzarlar paydo bo‘lsa, kosmetik vositalarni almashtirish tavsiya etiladi.

Ichki sabablar:
  • Irsiyat. Agar irsiyatda bu kabi muammo bo‘lsa, badanda husnbuzar paydo bo‘lishining ehtimoli katta;
  • Oziqlanish. Husnbuzarning eng keng tarqalgan sabablaridan biri zararli ratsiondir. Yog‘li ovqat, oddiy uglevod va shakar miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlar husnbuzarni keltirib chiqarishi mumkin;
  • Stress. Kuchli hissiy stress endokrin tizimga ta’sir qilishi mumkin, bu esa o‘z navbatida husnbuzarlar toshishiga olib keladi;
  • Ichki organ kasalliklari. Parhez, jigar, peshob chiqarish, ovqat hazm qilish tizimi, endokrin tizimidagi buzilishlar – bularning hammasi badanda husnbuzar toshishini keltirib chiqaradi. Shuning uchun husnbuzarlar bir oydan ortiq bezovta qilsa, albatta, shifokor bilan maslahatlashish zarur;
  • Gormonal muvozanat. Shu sababli balog‘at yoshidagi o‘spirinlarda tez-tez kuzatiladi. Shuningdek, gormonal o‘zgarishlar tufayli ayollarda ham ko‘p uchraydi.

Badandagi husnbuzarlardan qanday qutulish mumkin?
Agar badanda husnbuzar paydo bo‘lsa, uy sharoitida ham davolanish choralarini ko‘rish mumkin.
  • Dush qabul qilish. Hamisha jismoniy faoliyatdan so‘ng yoki kechasi uxlashdan avval antibakterial nam salfetkalardan foydalanish mumkin;
  • Gigiyena vositalari. Dermatologlar har kuni yoki muntazam ravishda sovun yoki gigiyena vositalaridan foydalanishni maslahat bermaydi. Ammo agar husnbuzarlar paydo bo‘lgan bo‘lsa, vaqtincha ulardan foydalanish mumkin;
  • Uzun sochlar. Uzun sochlarni qisqartirish yoki yuqoriga turmak qilish tavsiya etiladi. Yoyilgan uzun sochlar yelkada yog‘li soha bilan aloqada bo‘lishi mumkin. Shu tufayli qisqa sochlar ular orasida bog‘liqlikni minimallashtiradi;
  • Tabiiy matolar. Badanda husnbuzarlar ko‘paysa, tabiiy matoli kiyimlarning kengroqlarini kiyish kerak. Bunda terlashning oldini olish orqali husnbuzarlarni kamaytirish mumkin;
  • Ratsion. Yengil uglevodlar, shakar, qovurilgan ovqatlarni ratsiondan chiqarish zarur. Shuningdek, fastfud taomlari va gazli ichimliklar iste’molini ham kamaytirish kerak.

Agar ushbu usullarning hech biri yordam bermasa, dermatolog va endokrinolog bilan maslahatlashish kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Husnbuzarlar yuzda emas, tanada paydo bo‘lsa: kelib chiqish sabablari va davolash usullari