Foto: «Qirolichaning yurishi» serialidan
«Qirolichaning yurishi» seriali namoyish etilganidan so‘ng shaxmat o‘yini yanada ommalashdi. Bundan tashqari, shaxmat sotuvchilarining savdosi yuz foizga oshdi. Albatta, bularning barchasi bekorga emas. Chunki shaxmat bolalarda kattalar ham hayotida erisha olmaydigan fazilatlarni shakllantirishga yordam beradi.
Vaziyatni har tomondan o‘rganish qobiliyati
Yaxshi shaxmatchi oldinga harakat qilish va raqibning turli xil holatlarini taxmin qilishi mumkin. Bu faqatgina strateglar uchun muhim emas. Dunyoga har tomondan nazar solish qobiliyati bolada hamdardlikni rivojlantiradi va odamlar bilan tez til topishishga yordam beradi. Shaxmatda raqibni hurmat qilish, his-tuyg‘ularni boshqarish va mag‘lubiyatga uchratish juda muhim. Bu fazilatlarning barchasi o‘yindagina emas, balki hayotda ham muhim hisoblanadi.
Foto: «Qirolichaning yurishi» serialidan
Mustahkam xotira
Shaxmat o‘ynash uchun ko‘plab harakatlarni eslab qolish kerak. Bu xotiraning barcha turlarini rivojlantiradi. Keyinchalik ushbu ko‘nikmalar tibbiyot, dasturlash yoki xoreografiyaga qiziqqan bolalar uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.
Mantiq
Bu shaxmat o‘ynashning eng asosiy foydasi sanaladi. Chunki o‘yin tahlil va harakatlar ketma-ketligiga asoslangan. Shaxmatchi bo‘layotgan voqealarni kuzatibgina qolmay, balki xulosa chiqarib, o‘z rejasini tuzishi ham kerak. Shuning uchun ham shaxmat o‘yinida hech narsa tasodifan ro‘y bermaydi. Barchasi aniq rejaga asosan amalga oshiriladi. Mantiqiy fikrlash – bolaga turli xil hayotiy vazifalarni yengish uchun zarurdir – kunni rejalashtirish, qaror qabul qilish va savollarga javob bera olish kabi.
Foto: «Qirolichaning yurishi» serialidan
Diqqatni jamlash
Sportchi, rassom, musiqachi va shaxmatchilar ko‘pincha vazifa bajarayotganda maksimal darajada diqqatni jamlay oladi. Bunda vaqt sekinlashib, lahza bilan bog‘liq bo‘lmagan hamma narsa yo‘q bo‘lib ketganday tuyiladi. Ushbu ko‘nikma bolalar uchun juda muhim bo‘lib, ayniqsa, maktabda o‘qish jarayonida qo‘l keladi. Muammo yoki savolni hal etishga diqqatni qaratish qobiliyati bolani yanada uyushqoq va mas’uliyatli bo‘lishiga yordam beradi.
Ijodiy fikrlash
Shaxmatchilar nafaqat o‘z harakati va kombinatsiyalarini oldindan rejalashtirishni biladi, balki jarayon davomida rejalariga o‘zgartirish ham kiritadi. Bu esa kerakli natijaga erishish uchun ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantiradi. Shaxmat o‘ynash bolaga nafaqat ma’lum bir muammoni hal qilishga, balki o‘zini hamda atrofdagilarni yaxshiroq tushunishga ham yordam beradi. Shaxmat ixlosmandlari orasida buyuklardan Albert Eynshteyn, Uilyam Shekspir, Frederik Shopen, Mixail Bulgakov, Salvador Dali va bugungi kun yulduzlaridan Leonardo Di Kaprio, Bill Geyts, Madonna va Uill Smitlar ham bor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Supergol urgan Fayzulllayevning o‘yini qanday baholandi?