Mutaxassislar oldin ham pishirilgan go‘shtni muzlatkichda faqat kesilgan shaklda saqlashni maslahat bergan. Bu haqda Eat This, Not That! ma’lum qildi.
Go‘shtning katta bo‘laklari, masalan, qovurilgan yoki butun kurka, yaxshi sovutish uchun kichikroq qismlarga bo‘linishi kerak. Tayyorlangan go‘sht muzlatgichda ikki soat davomida, to‘rt darajadan oshmagan haroratda qoldirilishi kerak.
Agar go‘shtli taom issiq sharoitda yoki quyoshda qolib ketsa, uni bir soat davomida sovutish yoki tashlab yuborish kerak.
Shu tarzda bakteriyalarning tez rivojlanishining oldini olish mumkin, deydi mutaxassislar. Escherichia coli va Salmonella deya ataladigan bakteriyalar go‘shtda eng ko‘p uchraydigan turdir. Ularning har biri bilan ifloslangan go‘shtni iste’mol qilish ovqatdan zaharlanishga olib kelishi mumkin.
Escherichia coli diareya, siydik yo‘llari infeksiyalari, nafas olish kasalliklari va qon oqimi infeksiyalariga olib keladi.
Dudlangan go‘sht yoki kolbasa muzlatgichda to‘rt daraja yoki undan past haroratda bir hafta davomida xavfsiz tarzda saqlanishi mumkin. Mol go‘shti yoki parranda go‘shti - faqat uch yoki to‘rt kun saqlanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Isroil Bayrutga zarba berdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgan
Odamlar o‘limiga ko‘proq sabab bo‘layotgan eng xavfli avtomobillar sanaldi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Raqiblar o‘zbek bokschisidan cho‘chiyapti: “Bokschilarimiz kushandasi”