Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, O‘zbekiston iqtisodiyoti Ukraina urushi va Rossiyaga nisbatan qo‘llangan xalqaro sanksiyalar natijasida anchay katta zarar ko‘radi. Bu haqda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining may oyidagi bayonotida qayd etildi.
O‘zbekistonda 2021 yilda keng ko‘lamli iqtisodiy tiklanish kuzatildi — yalpi ichki mahsulot real o‘sishi 7,4 foizni tashkil etgan.
O‘sish ko‘rsatkichi sekinlashuvi
Biroz yuqoriroq bazani aks ettirgan holda, 2022 yilning birinchi choragida o‘sish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,8 foizgacha sekinlashdi, bu esa asosiy investitsiyalar hajmining juda kuchli kengayishi (26,3 foizga) va eksportning qariyb uch baravar oshishi bilan bog‘liq.
Shuningdek, bu butunlay hukumatning qulay narx muhitini hisobga olgan holda oltin eksportini tezlashtirish to‘g‘risidagi qaroriga bog‘liq edi.
Valyuta kursi
Rossiyaga qarshi sanksiyalar so‘mga sezilarli bosim o‘tkazishi oqibatida narxlarning tez oshishiga sabab bo‘lishi kutilmoqda. Markaziy bank 2022 yil 17 mart kuni ushbu bosimga javoban siyosat stavkasini 300 bazaviy punktga oshirib, 17 foizga yetkazdi.
Nominal so‘m/AQSH dollari ayirboshlash kursi aprel oyida yanvar oyining boshi bilan solishtirganda 4,3 foizga arzonlashdi, yillik inflyatsiya esa fevraldagi 9,7 foizdan 2022 yil martida 10,5 foizgacha ko‘tarildi.
Migrantlarga talabning kamayishi
Davlatning asoslari (kuchli tashqi va fiskal buferlar, past davlat qarzi va qo‘shni davlatlarga nisbatan yuqori o‘sish rekordi) mamlakatning bu jarayonga bardosh bera olish qobiliyatidan dalolat beradi. Salbiy tomoni shundaki, uzoq davom etgan retsessiya Rossiyaning o‘zbek ishchilariga bo‘lgan talabini kamaytiradi.
Pul o‘tkazmalari
Pul o‘tkazmalari yalpi ichki mahsulotning 2-3 foizini tashkil etadi, bu esa kam ta’minlangan uy xo‘jaliklariga nomutanosib ravishda ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Iste’mol talabining zaiflashishi butun iqtisodiyotga ta’sir qiladi.
Eksport
O‘zbekistonning Rossiyaga eksporti yangi meva va sabzavotlar toifasiga to‘g‘ri keladi va ularni boshqa bozorlarga yo‘naltirish imkoniyati cheklangan. Dengizga chiqish imkoniyati yo‘qligi hisobga olinsa, quruqlikdagi transport va logistika xarajatlari yuqori bo‘ladi.
Umuman olganda, dunyoda davom etayotgan inqiroz O‘zbekiston bo‘yicha o‘sish prognozlarini tushishiga olib keldi. Endi iqtisodiyot 2022 yilda 4 foiz, 2023 yilda esa 5 foizga o‘sishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi