
Bugun Turkiya Superligasining 10-turidan o‘rin olgan qiziqarli bahs — “Antalyaspor” hamda “Istanbul Bashakshehir” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv start oladi.
Uchrashuv arafasida har ikki jamoa o‘z asosiy tarkibini ma’lum qildi.
“Antalyaspor”ning boshlang‘ich tarkibi
Darvozabon: Abdulla Yigiter (21)
Himoyachilar: Kennet Paal (3), Byunyamin Balji (7), Lautaro Janetti (30), Georgiy Djikiya (14)
Yarim himoyachilar: Abdukadir Өmur (10), Van de Strik (22), Daro Sharich (88, sardor)
Hujumchilar: Jesper Sisey (23), Bashir Guyeye (24), Dog‘ukan Sinik (30)
Zahirada: Kaan, Samet, Huseyn, Soner, Safuri, Chvanchara, Storm, Boli, Kerem, Poyraz Efe.
(Bosh murabbiy: Erol Bulut)

“Qizil-oqlar” bugun o‘z maydonida g‘alaba qozonib, jadvaldagi pozitsiyasini mustahkamlashni maqsad qilgan. Daro Sharich sardor sifatida jamoani ilhomlantirishi kutilmoqda, Abdukadir Өmur esa yarim himoyada o‘yin tempini belgilaydi.
“Istanbul Bashakshehir” asosiy tarkibi
Darvozabon: Muhammad (16)
Himoyachilar: Onur Bulut (6), Duarte (5, sardor), Opoku (3), Operi (21)
Yarim himoyachilar: Berat (2), Umut (20), Yusuf (7), Kreshpo (13), Da Kosta (10)
Hujumchi: Eldor Shomurodov (14)
Zahirada: Dog‘an, Onur, Kemen, Selke, Kalujinski, Deniz, Harit, Ba, Ebosele, Brnich.
(Bosh murabbiy: Nuri Shohin)

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov bugungi bellashuvni asosiy tarkibda boshlaydi. Uning tezligi va to‘pni nazorat qilish qobiliyati “Bashakshehir” hujum chizig‘ida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Afsuski, Eldorning hamyurti — “Bashakshehir” yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev jarohati sababli o‘yinda ishtirok etmaydi.
O‘yin oldidan holat:
Har ikki jamoa uchun bu bahs muhim ahamiyatga ega — “Antalyaspor” o‘z uyida ochko yo‘qotmaslikni, “Bashakshehir” esa so‘nggi turlardagi noxush seriyani to‘xtatishni niyat qilgan.
Nuri Shohin jamoasining asosiy үmidi Eldor Shomurodovga bog‘liq bo‘ladi. Agar u o‘yin boshidayoq faol harakat qilsa, “Bashakshehir” raqib darvozasiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
Uchrashuvni Turkiya Superligasi muxlislari katta qiziqish bilan kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!