Buyuk temiryo‘l: Rossiya bilan hamkorlik O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishiga qanday hissa qo‘shmoqda?
Har qanday mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining omillaridan biri bu transportdan foydalanish imkoniyatining o‘sishidir. Bu ayniqsa, tovarlari dengizga chiqishi uchun kamida ikki davlat chegarasidan o‘tishi shart bo‘lgan O‘zbekistonga uchun muhimdir. Bunda esa temiryo‘l aloqasi asosiy o‘rin egallaydi. Aynan temiryo‘llar mamlakatni asosiy savdo sheriklari, yaʼni Rossiya va Osiyo davlatlari bilan bog‘laydi.
Savdo aylanmasining o‘sishi va transport hamkorligini rivojlantirish
30 yildan ortiq vaqt mobaynida O‘zbekiston va Rossiya ikki mustaqil davlat sifatida munosabatlarni rivojlantirib kelmoqda va bu yillar davomida transport kommunikatsiyalari muhim rol o‘ynab kelmoqda. Hatto butun dunyo bo‘ylab taʼminot zanjirlarini jiddiy ravishda buzgan pandemiya ham ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga xalaqit bera olmadi. Va o‘tgan yili ushbu davlatlar o‘rtasidagi temiryo‘l aloqasi koronavirus cheklovlaridan keyin to‘liq tiklandi.
Hozir mamlakatlar ham yuk, ham yo‘lovchi tashishni ko‘paytirish rejalarini faol ishlab chiqmoqda. Axir O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari o‘zaro savdo ayirboshlashni 10 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha ulkan maqsadni qo‘yishgan. Bunga esa mamlakatlar o‘rtasidagi amaldagi mavjud kelishuvlar, ayniqsa, o‘tgan yilning sentyabr oyida Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin tomonidan imzolangan, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya ko‘maklashadi.
Ilgari erishilgan kelishuvlar ham qo‘llanilmoqda, masalan, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi rahbari Shavkat Mirziyoyev “Rossiya temir yo‘llari” kompaniyasi boshqaruvi rahbari Oleg Belozyorov bilan uchrashib, pandemiyadan keyingi davrda davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan edi. O‘shanda, masala, hususan, yuk tashish hajmini oshirish to‘g‘risida edi.
Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikka O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minovning “Valday” xalqaro munozara klubi dastur direktori Timofey Bordachyov bilan uchrashuvi yordam berdi. Hamkorlar transport sohasida ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish masalalarini muhokama qildilar, xususan, Rossiya kompaniyalari O‘zbekiston temiryo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilishda ishtirok etishga tayyorligini taʼkidladilar.
Temiryo‘llarning harakat tarkibini yangilashda ham rossiyalik hamkorlarning ishtiroki bor. Masalan, elektr poyezdlarini xarid qilish bo‘yicha tender o‘tkazishdan avval “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari shahar atrofi qatnovining xalqaro tajribasini o‘rgangan. Germaniyaning Deutsche Bahn AG temiryo‘l kompaniyasi va Rossiyaning “Transmashxolding” OAJ ham jarayonning faol ishtirokchisi bo‘ldi.
“Transmashxolding” OAJ MDH mamlakatlariga, xususan, O‘zbekistonga temiryo‘l texnikalarini anʼanaviy yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Shunday qilib, mamlakatdagi lokomotivlarning 5 foizi Rossiya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va 70 foizga yaqini sobiq Ittifoq davrida hozirgi “Transmashxolding” tarkibiga kiruvchi zavodlar tomonidan ishlab chiqarilgan. Toshkent metropoliteni vagonlari esa uning tarkibiga kiruvchi “Metrovagonmash” zavodida ishlab chiqilgan.
Yaqin qo‘shnilarning tajribasi eʼtiborga molik. Masalan, Qozog‘istonda nafaqat lokomotivlar, balki “Transmashxolding” tarkibiga kiruvchi Demixov mashinasozlik zavodida EP3D, ED9MK, ED9M, ED9E kabi elektropoyezdlar ham ishlab chiqariladi.
Agar biz umuman Rossiya kapitalining ishtiroki haqida gapiradigan bo‘lsak, rus biznesi anʼanaviy ravishda neft va gaz sektoriga, avtomobilsozlik, telekommunikatsiya va qishloq xo‘jaligiga sarmoya kiritadi. “Yig‘ilgan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan oshdi”, – dedi Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov dekabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Rossiya-O‘zbekiston biznes-forumi maydonida.
Yuk tashish salohiyati
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2022-yilda 9,28 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2021-yilga nisbatan 23 foizga ko‘pdir. Bunda 2021-yil oxirida Rossiya-O‘zbekiston-Rossiya yo‘nalishi bo‘ylab ishga tushirilgan “Agroekspress”ning ham hissasi bor. Tezlashtirilgan konteyner poyezdlarining yo‘lga qo‘yilishi logistikani soddalashtirdi va YEOIIga aʼzo mamlakatlardan O‘zbekiston, Xitoy va MDH davlatlariga oziq-ovqat yetkazib berishda uning tannarxini pasayishiga sababchi bo‘ldi. “Agroekspress” allaqachon nafaqat Xitoy va O‘zbekiston bilan, balki Rossiya bo‘ylab ham ishlaydi. Yo‘nalishlar ro‘yxatini kengaytirish va zamonaviy texnologik yechimlarni qo‘llash, Rossiyaning sovutgichli konteynerlari va fleksitanklarini qo‘llash orqali xizmat doimiy ravishda takomillashtirilmoqda.
Biroq, yangi logistika yechimlarini ishga tushirish jarayoni har doim ham muammosiz ketavermaydi. Mavjud vositalar to‘liq salohiyatga ega bo‘lishi uchun ishni kuchaytirish lozim.
“Bilaman, loyiha doirasida birinchi oziq-ovqat yetkazib berish 2020–2021-yillarda amalga oshirilgan, biroq ko‘rib turganingizdek, yetkazib berishda hozircha katta o‘sish kuzatilmagan. Bunga bir nechta sabablar bo‘lishi mumkin: qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining loyiha haqida xabardorlik darajasi pastligi, transport yuk mashinalari orqali faqat odatiy tasdiqlangan yetkazib berish sxemalaridan foydalanishda ongning o‘rganib qolganligi, tezlashtirilgan konteyner poyezdida mahsulotlarni yetkazib berishning mumkin bo‘lgan afzalliklari haqida maʼlumot yo‘qligi.
Bu yangi yo‘nalishni yo‘lga qo‘yish uchun ko‘p mehnat talab etiladi – har bir hududda yig‘ish va jo‘natish uchun logistika markazlari bo‘lishi, fermerlar konteyner poyezdlarini jo‘natishning ishonchliligi va moliyaviy afzalliklariga ishonch hosil qilishlari kerak. Yuklarni ro‘yxatdan o‘tkazishda odamlar kerakli hujjatlar bilan tanishishlari kerak, yuk tashishning muntazamligi va xavfsizligi bo‘lishi kerak. «Agroekspress” kabi loyihalar, shubhasiz, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega: axir, Rossiya va Xitoy obyektiv jihatdan mintaqamiz uchun eng yirik savdo hamkorlaridir», — dedi “Maʼno” tadqiqot va innovatsiyalar markazi rahbari Baxtiyor Ergashev.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, garchi muhim bo‘lsa ham, poezdlar va vagonlarning harakatlanishini talab qiladigan yagona tovarlar guruhi emas. “Rossiya O‘zbekiston bilan neft mahsulotlarini temiryo‘l orqali yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda. 2023-yil fevral oyida Rossiya korxonalari O‘zbekistonga 300 ming tonnadan ortiq neft mahsulotlari yetkazib berdi. O‘zbekiston bozorida talabga ega bo‘lgan, temiryo‘l orqali tashiladigan Rossiyada ishlab chiqarilgan yoqilg‘i turlari orasida benzin, dizel yoqilg‘isi, barqaror gaz benzini, mazut va boshqa birlamchi qayta ishlash mahsulotlarini alohida taʼkidlashimiz kerak”, — dedi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasining, Marketing va xalqaro hamkorlik fakulteti dotsenti Tamara Safonova.
O‘zbekiston uchun “Savdo darvozalari”
Xalqaro transport loyihalari O‘zbekiston uchun mahsulotlarni sotish “savdo darvozasi”ga aylanishi mumkin. Masalan, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li boshqa davlatlardagi potensial savdo bozorlarini bog‘lash imkonini beruvchi istiqbolli transport yo‘nalishining muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, yanada global “Shimol-Janub” koridoriga integratsiya qilinadigan “Mozori Sharif – Qobul – Peshovar” temiryo‘li loyihasining amalga oshirilishi uchun Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarini jismoniy jihatdan yaqinroq qilish mo‘ljallangan keng temiryo‘l liniyalari tarmog‘ining paydo bo‘lishiga yordam beradi.
Ayniqsa, hozirgi vaqtda savdo almashinuvining asosiy usuli bo‘lgan – dengizga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoni bo‘lmaganlar. Bugungi kunda Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi umumiy savdoning qariyb 90% dengiz yo‘llari hissasiga to‘g‘ri keladi. Ammo O‘zbekiston uchun bunday transport formatining imkoni yo‘q.
Loyiha qiymati 5 milliard dollarga baholanmoqda, tranzit salohiyati esa yiliga 20 million tonnagacha yukni tashkil etadi. Rejani amalga oshirishda Rossiya tomoni ham ishtirok etmoqda. O‘zbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov “Rossiya temir yo‘llari” kompaniyasining Afg‘oniston temiryo‘l koridorini qurishda ishtirok etishdan manfaatdorligini muhim deb atadi va bu xalqaro temiryo‘l aloqasining prinsipial yangi modelini shakllantirish imkonini berishini, taʼkidladi.
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov 2022-yilda Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya davomida, Markaziy Osiyo davlatlari birgalikda bir qator yangi multimodal koridorlarni yaratganini taʼkidladi. Bugungi murakkab vaziyatda anʼanaviy yuklarni yetkazib berish zanjiri jiddiy ravishda buzilib, ayrim yo‘nalishlarda to‘liq falaj bo‘lib qolganligini, shu bois xalqaro yuk tashishning muqobil yo‘nalishlarini ishlab chiqish muhimligi, “Shimol-Janub” koridori ham shunday yo‘nalishga aylanishi mumkinligini aytdi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi transport hamkorligini mustahkamlashni davom yettirish ham birdek muhim. Shunday qilib, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov 2022-yil dekabr oyida rossiyalik hamkasbi Mixail Mishustin bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida: “Biz transport-logistika sohasida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini rivojlantirishdan manfaatdormiz, bunda muqobil xalqaro transport tranzit koridorlarini shakllantirishdan ham ustuvor”, deb taʼkidladi.
Rossiya tajribasiga tayanish va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar sohasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha belgilangan maqsadlarga erishishga yordam beradi. Yuk tashishni rivojlantirish esa infratuzilmani yangilashni ham taqozo etadi, bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashning muhim omiliga aylanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring