Makron va Pashinyan kechki ovqatda musiqiy chiqish orqali eʼtibor markazida boʻldi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Yerevanga tashrifi doirasida tashkil etilgan norasmiy kechki ovqat paytida siyosatchilarning musiqiy chiqishi ijtimoiy tarmoqlarda e'tibor markaziga tushdi. 4 may kuni prezident qarorgohida o'tgan tadbirda Emmanuel Makron solist sifatida qo'shiq kuylagan bo'lsa, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan baraban chalib ritm berdi.
Yerevanda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tashrifi munosabati bilan oʻtkazilgan kechki ovqat davomida norasmiy va qiziqarli holat yuz berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan baraban chalayotgani, Makron esa qoʻshiq kuylayotgani aks etgan.
Shuningdek, mashhur jaz musiqachisi Vaagn Ayrapetyan fortepianoda ijro etgani koʻriladi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu chiqishda Fransiya prezidenti solist sifatida ishtirok etgan.
Armaniston prezidenti Vaagn Xachaturyan esa pianino orqali musiqiy hamrohlik qilgan.
Pashinyan esa barban chalish orqali jamoaga ritm bergan.
Ular birgalikda mashhur fransuz-arman xonandasi Sharl Aznavur asarlaridan birini ijro etgan.
Mazkur kecha 4 may kuni prezident qarorgohida tashkil etilgan boʻlib, davlat rahbarlarining norasmiy muloqoti sifatida oʻtgan.































Izohlar 0
…