date

Yevroittifoq Huawei va ZTE kompaniyalari uskunalaridan foydalanmaslik bo‘yicha tavsiya berdi

Yevroittifoq Huawei va ZTE kompaniyalari uskunalaridan foydalanmaslik bo‘yicha tavsiya berdi

Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga Huawei va ZTE kompaniyalari uskunalaridan foydalanmaslik bo‘yicha tavsiya berdi.

Komissiya vakili Bryusselda bo‘lib o‘tgan brifingda bu qaror telekommunikatsiya tarmoqlari xavfsizligini oshirishga qaratilganini ta’kidladi.

Ma’lum qilinishicha, tasdiqlanish arafasida bo‘lgan yangi kiberxavfsizlik qoidalari "yuqori xavfli yetkazib beruvchilar"ning mahsulotlarini bozorga kiritishni cheklash imkonini beradi.

Rasmiylar fikricha, strategik infratuzilmada qo‘llaniladigan texnologiyalar milliy va mintaqaviy xavfsizlik uchun katta ahamiyatga ega.

Shu bois, telekommunikatsiya sohasida ishlatiladigan qurilmalarga nisbatan talablar yanada qat’iylashtirilmoqda.

Bunga javoban Xitoy tomoni ushbu qoidalarga nisbatan norozilik bildirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Pekin bunday qarorlarni kamsituvchi deb baholab, qarshi choralar ko‘rishi mumkinligini aytgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Yevroittifoq Huawei va ZTE kompaniyalari uskunalaridan foydalanmaslik bo‘yicha tavsiya berdi