Oʻzbekistonda valyuta obligatsiyalari chiqarish tartibi rasman tasdiqlandi

Iqtisodiyot1 daqiqa o'qish338
Oʻzbekistonda valyuta obligatsiyalari chiqarish tartibi rasman tasdiqlandi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O'zbekistonda valyuta obligatsiyalarini chiqarish tartibi tasdiqlandi.
  • Adliya vazirligi tomonidan qabul qilingan hujjat, chet el valyutasida ifodalangan obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish qoidalarini belgilaydi.
  • Ushbu obligatsiyalar faqat O'zbekiston rezidentlari bo'lgan yuridik shaxslar tomonidan chiqarilishi mumkin va ularning umumiy hajmi 50 million AQSh dollaridan oshmasligi kerak.
  • Bu yangilik, mamlakatning kapital bozorini diversifikatsiya qilish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun muhim qadam hisoblanadi.

Oʻzbekistonda valyuta obligatsiyalari chiqarish tartibi rasman tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan kapital bozorida yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etishga qaratilgan muhim hujjat davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Gap chet el valyutasida ifodalangan obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish tartibini belgilab beruvchi meʼyoriy hujjat haqida bormoqda. U «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi doirasida qabul qilindi.

Mazkur hujjatga muvofiq, valyuta obligatsiyalari — nominal qiymati va daromadi xorijiy valyutada belgilanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻoz hisoblanadi. Ushbu instrument obligatsiya egasiga belgilangan muddatda asosiy mablagʻni va emissiya risolasida koʻrsatilgan daromadni olish huquqini beradi.

Qoidalarga koʻra, bunday obligatsiyalarni faqat Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan va «Tartibga solish qumdoni» ishtirokchisi maqomiga ega yuridik shaxslar chiqara oladi. Bunda ular mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan ijobiy yillik moliyaviy hisobotga ega boʻlishi shart.

Shuningdek, bir emitent tomonidan chiqariladigan valyuta obligatsiyalarining umumiy hajmi 50 million AQSH dollari ekvivalentidan oshmasligi belgilab qoʻyilgan. Bu cheklov bozordagi barqarorlik va xavflarni kamaytirishga qaratilgan.

Hujjatda obligatsiyalar taʼminlangan yoki taʼminlanmagan holda chiqarilishi mumkinligi ham koʻrsatilgan. Biroq, taʼminotsiz obligatsiyalar faqat emitentning oʻz kapitali miqdori doirasida chiqarilishiga ruxsat beriladi. Agar bu chegaradan oshsa, ortiqcha summa uchun albatta qoʻshimcha taʼminot taqdim etilishi talab etiladi.

Valyuta obligatsiyalarini chiqarish, joylashtirish, muomalaga kiritish, shuningdek ular boʻyicha daromadlarni toʻlash va soʻndirish jarayonlari ustidan nazorat Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Mutaxassislar fikricha, mazkur qadam Oʻzbekiston kapital bozorini diversifikatsiya qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va moliyaviy instrumentlar turini kengaytirish yoʻlida muhim bosqich boʻladi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?