07:27 / 22.08.2023
382

O‘zbekistonning iqtisodiy holati to‘g‘risida ma’lumot berildi

O‘zbekistonning iqtisodiy holati to‘g‘risida ma’lumot berildi

O‘zbekistonning 2023-yilning yanvar-iyul oylari bo‘yicha iqtisodiy holati to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy holati raqamlarda:

  • sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 105,7 foiz;
  • qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati – 104,8 foiz;
  • chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish sur’ati – 107,1 foiz;
  • bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati – 112,4 foiz;
  • tashqi savdo aylanmasi  o‘sish sur’ati – 123,3 foiz;
  • eksportning  o‘sish sur’ati – 131 foiz;
  • importning  o‘sish sur’ati – 118,1 foiz;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni – 476 701 ta;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni – 409 988 ta.

Avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Fuqarolar uchun budjet” nashrining 2022-yildagi ijrosi maʼlumotlarini eʼlon qilgandi. Unda bir qator iqtisodiy ko‘rsatkichlar, xususan, O‘zbekistonning o‘tgan yilgi budjet taqchilligi va uni qoplash manbalari maʼlum qilingan.

Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2022-yilda konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 286 trillion 504 milliard so‘mni, xarajatlar esa 321 trillion 733 milliard so‘mni tashkil etgan. Budjet defitsiti -35,2 trillion 229 milliard so‘m bo‘lib, yalpi ichki mahsulotning 4 foiziga yetgan.

“Taqchillikning o‘tgan yil boshida rejalashtirilgan (25,5 trillion so‘m yoki YIMning 3 foizi) miqdorlardan oshishi asosan ijtimoiy soha, iqtisodiyot va aholini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy va ishlab-chiqarish infratuzilmasiga investitsiya xarajatlarining oshishi bilan izohlanadi”, — deyiladi manba maʼlumotida.

Vazirlikning maʼlum qilishicha, konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligini (-35,2 trillion so‘m) qoplash uchun quyidagi manbalar yo‘naltirildi:

  • xalqaro moliya institutlarining qarz mablag‘lari va yevroobligatsiyalar chiqarish hisobidan — 16,7 trillion so‘m;
  • davlat dasturlari ijrosi uchun jalb qilingan qarz mablag‘lari — 5,7 trillion so‘m;
  • yil boshiga qoldiq mablag‘lari hisobidan — 1,9 trillion so‘m;
  • davlat aktivlarini xususiylashtirish hisobidan tushumlar – 45 trillion so‘m;
  • davlat g‘azna obligatsiyalarini chiqarish hisobidan – 6,4 trillion so‘m.

O‘zbekiston davlat qarzi 2022-yilda 29,2 mlrd dollarni tashkil etib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,4 foizga yetgan. Bu mamlakat davlat qarzining shu paytga qadar eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, 2023-yilda O‘zbekiston nomidan va respublika kafolati ostida tashqi qarzni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 milliard AQSH dollari etib belgilangan. Shundan davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 milliard dollar, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga 2,5 milliard dollar yo‘naltirish rejalashtirilgan. “Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunga asosan, joriy yilda 19,2 trillion so‘m mablag‘lar davlat qarzining asosiy qismini to‘lashga sarflanadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonning iqtisodiy holati to‘g‘risida ma’lumot berildi