Konte: "Jamoamdan faxrlanaman"

Italiya chempionatining oʻn toʻrtinchi turidagi markaziy oʻyinda "Napoli" oʻz uyida Antonio Konte sobiq jamoasi "Yuventus"ni magʻlubiyatga uchratdi. "Napoli" bosh murabbiyi Konte ushbu muvaffaqiyatdan juda mamnunligini bildirdi.
"Oʻyinchilarimni alohida tabriklayman. Ularga juda minnatdorman, jamoamdan faxrlanaman.
Yigitlarim oʻsdi, ular hozirgi vaziyatni yaxshi anglaydi va masʼuliyatni his qilishadi. Endi esa Chempionlar ligasidagi "Benfika"ga qarshi oʻyinga tayyorlanishimiz kerak", – dedi Konte calcionapoli1926.it nashriga bergan intervyusida.
Ushbu gʻalaba natijasida "Napoli" A Seriya turnir jadvalida yana birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Oʻyinchilarimni alohida tabriklayman. Ularga juda minnatdorman, jamoamdan faxrlanaman.
Yigitlarim oʻsdi, ular hozirgi vaziyatni yaxshi anglaydi va masʼuliyatni his qilishadi. Endi esa Chempionlar ligasidagi "Benfika"ga qarshi oʻyinga tayyorlanishimiz kerak", – dedi Konte calcionapoli1926.it nashriga bergan intervyusida.
Ushbu gʻalaba natijasida "Napoli" A Seriya turnir jadvalida yana birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…