date

Ertaga O‘zbekistonning qaysi hududlarida yomg‘ir yog‘adi?

Ertaga O‘zbekistonning qaysi hududlarida yomg‘ir yog‘adi?

O‘zbekistonda 9-dekabr, seshanba kuni ham nam va sovuq havo oqimlari hududga kirib kelishi natijasida yomg‘irli ob-havo saqlanadi. “O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatning ko‘p qismida osmon o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda tuman va kuchli shamol kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida kuni bo‘yi yomg‘ir yog‘ib turadi. Shamol sharqiy yo‘nalishdan g‘arb tomonga burilib, 3–8 m/s atrofida esadi. Harorat kechasi 1–3 daraja iliq, kunduzi 5–7 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ba’zi hududlarda yomg‘ir va qor aralash yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Shamol vaqt-vaqti bilan 20–22 m/s gacha kuchayishi ehtimoldan xoli emas. Harorat kechasi 5–10 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq.

Buxoro va Navoiyda ham osmon beqaror. Ayrim joylarda yomg‘ir va tuman ko‘zga tashlanadi. Kechasi 2 daraja sovuq–3 daraja iliq, kunduzi 7–12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda ham shunga o‘xshash manzara: yomg‘ir ehtimoli yuqori, shamol 7–12 m/s atrofida. Harorat kechasi 2 daraja sovuq–3 daraja iliq, kunduzi 3–8 daraja iliq.

Qashqadaryo va Surxondaryoda yomg‘ir kam-ko‘p kuzatilishi mumkin. Harorat nisbatan iliq: kechasi 2–7 daraja, kunduzi 12–17 daraja.

Andijon, Namangan va Farg‘onada ham ayrim joylarda yomg‘ir va tuman bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechasi 2 daraja sovuq–3 daraja iliq, kunduzi 3–8 daraja iliq.

Tog‘li hududlarda yomg‘ir-qor yog‘ishi, ayrim nuqtalarda kuchli bo‘lishi mumkin. Toshkent va Namanganning tog‘ qismida qor ko‘chishi xavfi saqlanmoqda.

O‘zgidromet sentr ma’lumotiga ko‘ra, 8–10-dekabr kunlari butun mamlakat bo‘ylab nam va sovuq havo to‘liq kirib keladi. 10-dekabrdan esa harorat yanada pastlab, markazda 2–5 daraja sovuq, shimolda esa 7–10 daraja sovuq kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ertaga O‘zbekistonning qaysi hududlarida yomg‘ir yog‘adi?