date

Superkompyuter Jahon chempionati favoritlarini aniqladi

Superkompyuter Jahon chempionati favoritlarini aniqladi

Jahon chempionati start olish arafasida turibdi va turnir atrofidagi qiziqish kundan kunga ortayotgan bir paytda, “Opta” platformasining kuchli superkompyuteri murabbiylar va muxlislar e’tiborini tortuvchi yangi taxminni e’lon qildi. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, jahon birinchiligida qaysi terma jamoalar chempionlikka eng yaqin ekani statistik tahlillar orqali aniqlangan.

Tadqiqot natijasida Ispaniya terma jamoasi mundialga asosiy da’vogar sifatida qayd etildi. Luis De la Fuente boshchiligidagi jamoaning finalda g‘olib chiqish imkoniyati 17 foiz atrofida baholangan. Ispan futbolining oxirgi yillardagi barqaror o‘sishi va yoshlar bilan tajribali futbolchilar o‘rtasidagi muvozanat bunday natijani tasdiqlab turibdi.

Chempionlik poygasidagi navbatdagi da’vogar — Fransiya. Dide Desham qo‘l ostidagi terma jamoa 14,1 foizlik ehtimol bilan ikkinchi o‘ringa joylashdi. Yevropa grandining chuqur tarkibi, tezkor o‘yin va hujumdagi universallik ularni favoritlar qatorida saqlab turibdi.

Uchinchi o‘rinni Angliya terma jamoasi egalladi — 11,8 foizlik ko‘rsatkich bilan. Tomas Tuxel jamoasi yuqori darajadagi futbolchilar, mustahkam himoya va o‘yin intizomi bilan bu natijani qo‘lga kiritgani ta’kidlanmoqda.

Shu bilan birga, superkompyuter turnirda g‘alaba qozonishi deyarli imkonsiz bo‘lgan terma jamoalarni ham ko‘rsatib o‘tdi. Iordaniya, Kyurasao va Gaiti superkompyuter baholariga ko‘ra chempionlik uchun real imkoniyatga ega emas. Bu jamoalar asosiy maqsad sifatida guruh bosqichida munosib o‘yin ko‘rsatishni ko‘zlaydi.

Ma’lumot uchun, 5-dekabr kuni Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tgan, unda 48 ta jamoa tarkib topgan guruhlar taqdim etilgan edi. Guruh bosqichlarida esa jamoalarning real imkoniyatlari birma-bir maydonda sinab ko‘riladi.

Mundial oldidan qilingan bunday prognozlar muxlislar xayolini yanada qo‘zg‘aydi — qaysi jamoa superkompyuterni “alday” oladi, qaysi biri esa prognozlarni haqiqatga aylantira oladi — bu savollarga javob musobaqada aniq bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Superkompyuter Jahon chempionati favoritlarini aniqladi