
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tayotgan erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionati qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Musobaqaning to‘rtinchi kuni ham vatandoshlarimiz uchun mas’uliyatli va hayajonli bahslarga boy bo‘ldi. Ringga chiqqan 7 nafar yigitlarimiz orasidan o‘z yo‘lini muvaffaqiyatli davom ettirgan asil bokschilardan biri Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev bo‘ldi.
-67 kg vazn toifasida bellashgan ustozsportchimizni jiddiy sinov kutayotgan edi. U IBO-PRO kamarini qo‘lda tutayotgan, tajribali va jang xarakterini yo‘qotmagan Armen Mashakaryanga qarshi turdi. Qat’iyat va hirs bilan o‘tgan to‘rt raunddan so‘ng hakamlar 4:1 hisobida g‘alabani Mo‘ydinxo‘jayevga berdi. Bu natija uni navbatdagi bosqich yo‘liga yetakladi va O‘zbekiston delegatsiyasiga yana bir kuchli umid bag‘ishladi.
Shu bilan birga, oldimizda yana shiddatli janglar turibdi. Javohir Ummataliyevning qirg‘izistonlik raqibi Omurbek Bekjigit uulu bilan bo‘ladigan to‘qnashuvi ham boks muxlislari tomonidan katta qiziqish bilan kutilmoqda. Bu bahs musobaqaning eng ehtirosli uchrashuvlaridan biri bo‘lishi mumkin.
Jahon chempionatidagi har bir qadam — oltinga teng tajriba. Yosh bokschilarimiz ringda qaysarlik, jasorat va irodani namoyish etmoqda. Eng muhimi, ular har bir jangda Vatan sharafini munosib himoya qilishda davom etishmoqda.
Musobaqaning keyingi kunlari ham shiddatli kechishi turgan gap. Muxlislarimiz bokschilarimizni qo‘llab-quvvatlab, ulardan yangi g‘alabalar kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.