Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yil uchun taqdim etgan Budjetnoma bilan O‘zbekistonda 2025 yilda asosiy soliqlarni o‘zgarishsiz qoldirish rejalashtirilmoqda.
Foyda solig‘i 15 foiz, QQS va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i — 12 foiz, aylanmadan olinadigan soliq — 4 foiz, yuridik shaxslar mol-mulki solig‘i 1,5 foiz bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 1 kub metri uchun 100 so‘mga tenglashtiriladi.
Tovar va xizmatlarni elektron platformalar orqali sotuvchilarga foyda solig‘ini oshirish, ya’ni 10 foiz (amalda 7,5 foiz) va aylanmadan olinadigan soliqni 3 foiz (amalda 2 foiz) stavkada belgilash taklif etilmoqda.
Shuningdek, JSTning subsidiyalar va kompensatsiya choralari to‘g‘risidagi bitimiga asosan tovar va xizmatlar eksportidan olinadigan daromadlar bo‘yicha foyda va aylanma soliq imtiyozlarini bekor qilish taklif etilmoqda. 2023 yilda bu imtiyozlar hajmi 1,13 trillion so‘mni tashkil etgan.
Aylanmadan olinadigan soliqning qat’iy stavkalari 30/40 million so‘m miqdorida o‘rnatilmoqda va mazkur tartibni qo‘llash muddati 2026 yil 1 yanvar (amalda muddat belgilanmagan) etib belgilanmoqda.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan miqdordagi soliq stavkalarini 10 foizga oshirish rejalashtirilgan. Faoliyat turi va joylashgan hududiga qarab minimal va maksimal stavkalar ham joriy etiladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliq stavkalarini inflyatsiya darajasidan kelib chiqib 10 foizga oshirish rejalashtirilgan va faoliyat turi va joylashgan hududiga qarab eng kam va eng yuqori stavkalari (diapazon) belgilanmoqda.
Jami yillik daromadi 100 million so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning xodimlariga oylik ish haqidan 12 foiz stavkadagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini yoki yakka tartibdagi tadbirkor uchun belgilangan qat’iy daromad solig‘ining 50 foizini to‘lash huquqi berilmoqda.
Shuningdek, bozor va savdo majmualaridagi bozorlardagi yakka tartibdagi tadbirkorlar xodimlari uchun ijtimoiy soliqni BHMning 1 baravarigacha kamaytirish taklif etilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlariga o‘rnatilgan qat’iy soliq stavkalarining eng kam va eng yuqori stavkalari (diapazoni) doirasida tuman va shaharlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy soliq stavkalari miqdorini belgilash vakolati berilmoqda.
Bundan tashqari, kelasi yildan jismoniy va yuridik shaxslarning turar va noturar ko‘chmas mulkiga solinadigan mol-mulk solig‘i 10 foizga oshirilishi mumkin. Shu bilan birga, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining bazaviy stavkasi ham 10 foizga indeksatsiya qilinadi.
Budjetnomada 2025 yili qaysi davlat idorasi budjetdan qancha mablag‘ olishi ham taqdim etildi. Ish haqi va pensiyalarni oshirishga qancha mablag‘ ajratilish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Ummon O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilmoqchi
Millatlar ligasi. Ispaniya so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi
Ukraina ATACMS bilan Rossiya hududlariga zarba berishi mumkin. Bu nimani o‘zgartiradi?