Yevropa qit’asida 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi qizg‘in davom etmoqda. 13 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan 4-tur o‘yinlari bir qator kutilmagan natijalar va shiddatli bahslarga boy bo‘ldi, deb yozdi UEFA.com.
A guruhida Germaniya navbatdagi g‘alabasini qayd etdi. Voltemade kiritgan yagona gol hisobni belgilab berdi — 1:0. Bu g‘alaba bilan nemislar 9 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi. Slovakiya ham o‘z maydonida Lyuksemburgni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Shimoliy Irlandiya — Germaniya 0:1
Gol: Voltemade (31).
Germaniya — Baumann, Kimmix, Ta, Shlotterbek, Raum, Pavlovich (Anton, 86), Goretzka, Gnabri (Andrix, 86), Virts (Baku, 90+2), Adeyemi (Bayer, 64), Voltemade (Shtiller, 90+2).
Slovakiya — Lyuksemburg 2:0
Gollar: Obert (55), Shrants (72).
B guruhida kutilmagan natija qayd etildi. Shveytsariya ilk marta ochko yo‘qotdi — ular Sloveniya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Shu paytda Shvetsiya uyda Kosovoga 0:1 hisobida yutqazib, mundialga chiqish imkoniyatini deyarli yo‘qotdi. Aslan Aslani tomonidan kiritilgan yagona gol mehmonlarga muhim uch ochko olib keldi.
Sloveniya — Shveytsariya 0:0
Shvetsiya — Kosovo 0:1
Gol: Aslani (32).
D guruhida Kilian Mbappesiz maydonga tushgan Fransiya Islandiya bilan jangavor durang (2:2) qayd etdi. Fransiya safida Nunku va Mateta gol urgani qayd etilgan, Islandiyadan esa Palsson va Xlinsson o‘z jamoasi sharafini himoya qildi. Ukraina esa Ozarbayjon ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Islandiya — Fransiya 2:2
Gollar: Palsson (39), Xlinsson (70) — Nunku (63), Mateta (68).
Fransiya — Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Din, Toven (Akliush, 64), Kamavinga (K.Tyuram, 75), Kone, Olise, Nunku (Koman, 75), Mateta (Ekitike, 89).
Ukraina — Ozarbayjon 2:1
Gollar: Gutsulyak (30), Malinovskiy (64) — Mikolenko (45+3, avtogol).
J guruhida eng qiziqarli bahslardan biri kuzatildi. Shimoliy Makedoniya va Qozog‘iston 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bu natija qozoqlarning mundialga chiqish orzusiga rasmiy nuqta qo‘ydi. Guruhdagi boshqa bahsda Belgiya Uelsni mehmonda 4:2 hisobida mag‘lub etib, peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi. De Bryuyne ikki marta penaltidan aniq zarba berdi, Menye va Trossar ham bittadan gol kiritdi.
Uels — Belgiya 2:4
Gollar: Rodon (8), Brodhed (89) — De Bryuyne (18 pen., 76 pen.), Menye (24), Trossar (90).
Shimoliy Makedoniya — Qozog‘iston 1:1
Gollar: Bardi (74) — Karaman (54).
Shu tariqa, Belgiya jamoasi 14 ochko bilan “J” guruhida yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Uels (10 ochko) va Shimoliy Makedoniya (13 ochko) esa ularning izidan bormoqda.
Yevropadagi saralash bahslari shiddat bilan davom etmoqda va har bir turda yangi syurprizlar kutilmoqda. Keyingi o‘yinlar mundialga chiqish imkoniyatlarini yanada aniqlashtirib beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!