“Yuventus”, “Real Madrid” va Fransiya terma jamoasining afsonaviy yarim himoyachisi hamda “qirollik klubi”ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan 34 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlash qaroriga nima sabab bo‘lganini so‘zlab berdi.
“La Gazzetta dello Sport” nashriga bergan intervyusida Zidan bu qarorni ongli ravishda qabul qilganini ta’kidladi:
“Vilyarreal”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng faoliyatimni tugatishni maqsad qilganimda, bu o‘ylab qilingan qadam edi. Ko‘chaga chiqish, mehmonxonalarda qolish menga yoqmay qolgandi. Hatto uyda bo‘lganingda ham yig‘in uchun mehmonxonaga borish kerak edi. Shuning uchun 34 yoshimda to‘xtatishga qaror qildim. Albatta, jismoniy jihatdan yana ikki yoki uch yil o‘ynay olardim, lekin doimiy safarlar va yig‘inlar jonni bezdirgan edi”, — dedi Zidan.
Ma’lumot uchun, Zinedin Zidan hozirda ishsiz. Afsonaning o‘zi ta’kidlashicha, u Fransiya terma jamoasini boshqarish orzusida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!