Rossiyalik sinoptik O‘zbekistonda qachon qor yog‘ishi kutilayotganini aytdi

1 daqiqa o'qish241.6K
Rossiyalik sinoptik O‘zbekistonda qachon qor yog‘ishi kutilayotganini aytdi

So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda tungi sovuqlar kuzatilmoqda. Bu holat kuz faslining faol bosqichga kirayotganini ko‘rsatmoqda.

Rossiyalik sinoptik Eduard Mixaylov mamlakatda birinchi jiddiy qor qachon yog‘ishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, oktabr oxiri va noyabr boshlarida qor yog‘ishi kutilmaydi, deb UPL.uz xabar berdi.

Sinoptikning ta’kidlashicha, aniq ob-havo prognozi 3-5 kunlik bo‘lib, aniqligi 96% ga yetadi. 5-7 kunlik prognoz aniqligi 85-87% bo‘lsa, 14 kundan uzoq muddatli prognozlar odatda taxminiy hisoblanadi.

Shuningdek, Markaziy Osiyo iqlimiga xos xususiyatlar va avvalgi yillardagi ma’lumotlar asosida qor kamida noyabr o‘rtasidan boshlab yog‘ishi mumkinligi aytildi.

So‘nggi yillarda mintaqada qishlar ancha sovuq kechmoqda. Bu atmosfera beqarorligi sababli yuz berayotgan bo‘lib, Arktika havosining janubiy hududlarga ta’siri ortib bormoqda.

Umuman olganda, global isish bo‘lishiga qaramay, bu yil ham o‘tgan yilga o‘xshash sovuq va barqaror qish kuzatilishi mumkin, dedi Eduard Mixaylov.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?