Real vaqtdagi AQI (Air Quality Index – havo sifati indeksi) ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi eng ifloslangan 10 ta joy aniqlandi, deb iqair.com ma’lum qilmoqda. Ro‘yxatdagi joylar aholi salomatligi uchun xavfli darajadagi ko‘rsatkichlarga ega.
Birinchi o‘rinda — Metallurgiya zavodi atrofi bo‘lib, bu yerda AQI 193 ballga yetgan. Bu ko‘rsatkich «juda yomon» toifasiga kiradi. Undan keyingi o‘rinlarda Beruniy (189 ball), Murad Buildings, Medgorodok, DIDOX UZ, Olmazor, Chilonzor, Uchtepa va Toshkent xalqaro maktabi keladi.
Tibbiy tavsiyalarga ko‘ra, AQI 150 dan oshganda bolalar, keksalar va nafas yo‘llari xastaligi borlar imkoni boricha ko‘chaga kam chiqishi kerak. Havo ifloslanishi asosan sanoat korxonalari, avtotransport va yoqilg‘i yoqish natijasida yuzaga kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!