date

Tramp: Erdo‘g‘on Rossiya-Ukraina mojarosini hal qila oladi

Tramp: Erdo‘g‘on Rossiya-Ukraina mojarosini hal qila oladi

AQSH prezidenti Donald Tramp Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Ukrainadagi inqirozni bartaraf etishga qodir ekaniga ishonadi.

Bu haqda Tramp Sharm ash-Shayxdan Vashingtonga parvoz chog‘ida jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.

Prezidentdan “Erdo‘g‘on Ukraina mojarosini hal qilishga yordam bera oladimi?” deb so‘rashganda, u shubhasiz javob berdi:

“Erdo‘g‘on bunday ishni qila oladi. Uni Rossiyada hurmat qilishadi. Ukraina haqida aniq ayta olmayman, ammo Rossiya prezidenti Vladimir Putin unga hurmat bilan qaraydi. U mening do‘stim ham”, — dedi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, 13-oktyabr kuni Sharm ash-Shayx shahrida G‘azo sektoridagi mojaroni to‘xtatish maqsadida tinchlik sammiti bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Al Tani, AQSH prezidenti Donald Tramp va Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ishtirok etdi.

Sammit yakunida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovdagi barcha isroilliklarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: Erdo‘g‘on Rossiya-Ukraina mojarosini hal qila oladi