date

Pol Skoulz dunyodagi eng kuchli 5 yarim himoyachini aytdi

Pol Skoulz dunyodagi eng kuchli 5 yarim himoyachini aytdi

"Manchester Yunayted"ning afsonaviy sobiq futbolchisi Pol Skoulz hozirgi vaqtda dunyo futbolida eng yuqori darajada o‘ynayotgan besh nafar yarim himoyachini nomladi.

Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda eng mahoratli yarim himoyachi — “Barselona”ning yosh yulduzi Pedridir. Uning ortidan “Manchester Siti”ning asosiy ustuni Rodri joy oldi. Kuchli uchlikni “PSJ” jamoasidagi portugaliyalik mahorat sohibi Vitinya yakunladi.

Skoulzning tanlovidagi so‘nggi ikki nomzod — “Liverpul”ning argentinalik futbolchisi Aleksis Mak Allister va “Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Pol Skoulz 2013 yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlab, o‘z zamonasining eng zukko yarim himoyachilaridan biri sifatida e’tirof etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pol Skoulz dunyodagi eng kuchli 5 yarim himoyachini aytdi