O‘zbekiston aholisi tomonidan yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga qiziqish oshib bormoqda. 2025 yilning yanvar–avgust oylari davomida fuqarolar tomonidan uy-joy qurilishi uchun 35,4 trln so‘m sarflangan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 13,3 foizga o‘sgan. Bu esa mamlakatda uy-joyga bo‘lgan talab va qurilish imkoniyatlarining kengayib borayotganini ko‘rsatadi.
Qo‘mitaning qayd etishicha, umumiy qurilish ishlari hajmida yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi 18,8 foizni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich — xususiy tashabbuslar, oilaviy investitsiyalar va mahalliy ehtiyojlarning ortib borayotganidan dalolat beradi.
Aholining uy qurishga katta miqdorda mablag‘ yo‘naltirishi mamlakat iqtisodiyotida ichki qurilish bozori faolligining yuqoriligini ko‘rsatadi. Bu bir tomondan ish o‘rinlari yaratilishi, ikkinchi tomondan qurilish materiallariga talab ortishiga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston aholisi uy-joy uchun millionlab sarflashda davom etmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar