date

O‘zbekistonda chiqindidan “Eko-asfalt” yaratiladi

O‘zbekistonda chiqindidan “Eko-asfalt” yaratiladi
O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash va ekologik texnologiyalarni joriy etish maqsadida “Eko-asfalt” loyihasi amalga oshirilmoqda.Bu usul orqali polietilen va boshqa plastik chiqindilar qayta ishlanib, asfalt tarkibiga qo‘shiladi.Loyiha yo‘l qurilishi xarajatlarini kamaytirish va atrof-muhitga ta’sirni ozaytirishni ko‘zda tutadi.

Plastik qo‘shilgan asfalt bitum sarfini kamaytiradi va qurilish xarajatlarini 30 foizgacha tejaydi.Bunday asfalt issiqlik va sovuqqa chidamli, yoriqlarga bardoshli hamda uzoq muddatli bo‘ladi.Ekologik samaradorlik bilan bir qatorda, infratuzilma sifati ham yaxshilanishi kutilmoqda.

Bunday yechimlar ilgari Niderlandiya, Hindiston va boshqa davlatlarda sinovdan o‘tkazilgan va ijobiy natija bergan.O‘zbekistonda keng joriy etilishi ekologik barqarorlikka xizmat qilishi aytilmoqda.Loyiha milliy iqtisodiyotga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda chiqindidan “Eko-asfalt” yaratiladi