2025 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 16 ta davlatdan jami 54,6 ming tonna parranda go‘shti import qilgan, deb Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Import qilingan go‘shtning umumiy qiymati 59,1 million AQSH dollarini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,8 ming tonnaga yoki 14,2 foizga ko‘pdir.
Eng ko‘p parranda go‘shti Rossiya (13,9 ming tonna), Turkiya (9,8 ming tonna), Belarus (7 ming tonna), Belgiya (5,6 ming tonna) va Niderlandiyadan (4,2 ming tonna) olib kirilgan. Qolgan 14,1 ming tonna esa boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar