Naqd pul ulushi tarixiy darajada kamaymoqda: Markaziy bank hisoboti

1 daqiqa o'qish1.6K
Naqd pul ulushi tarixiy darajada kamaymoqda: Markaziy bank hisoboti

Oʻzbekiston Markaziy banki 2024-yil yakunlari boʻyicha naqd pul aylanishi holati haqida hisobot e'lon qildi. Eng asosiy xulosa – umumiy pul massasida naqd pul ulushi tarixiy past darajada, 20%dan kamroqni tashkil etmoqda. 2025-yil 1-yanvar holatiga bu koʻrsatkich 19,2%ni tashkil etib, 2023-yildagi 21,5%ga nisbatan 2,3 foiz bandga va 2022-yildagi 22,3%ga nisbatan 3,1 foiz bandga kamaygan.

Pul massasining umumiy hajmi (M2) 2025-yil boshida 277 trln soʻmga etib, yillik 30%dan ortiq oʻsishni qayd etdi. Naqd pul aylanishdagi hajmi (M0) 53 trln soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 15,2%ga oshdi.

Asosiy koʻrsatkichlar:

  • Umumiy pul tushumlari 2024-yilda 840 trln soʻmga etdi (+26%). Naqd pul tushumlari ulushi 62%dan 60%ga tushgan, terminal orqali toʻlovlar ulushi esa 38%dan 40%ga koʻtarilgan.
  • Banklar orqali naqd pul aylanishi 1 kvadrillion soʻmdan oshib, 2023-yilga nisbatan 22%ga oʻsdi. Banklar 501 trln soʻm naqd pul qabul qilgan (+21%) va 510 trln soʻm tarqatgan (+19,5%).
  • Valyuta sotib olish operatsiyalari hajmi 122,4 trln soʻmni tashkil etib, jami naqd xarajatlar ulushi 22%dan 24%ga oshgan (+33,4%).
  • Bank kartalariga tushgan mablagʻ 1,03 kvadrillion soʻmni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan 86,6%ga oshgan. Kartadan naqd pul yechish hajmi 226 trln soʻmni tashkil etgan (83% bankomatlar orqali).

Banknotlar holati:
Yangi banknotlar emissiyasi hisobiga naqd pul hajmi 152 million donaga oshdi.

  • 200 000 soʻmlik kupyuralar ulushi 18,6%dan 23,4%ga oshdi.
  • 20 000 soʻmlik banknotlar ulushi 4,4%dan 6,7%ga etdi.
  • 100 000 soʻmlik banknotlar ulushi 42,5%dan 40,9%ga, 50 000 soʻmlik banknotlar esa 20,5%dan 16,6%ga tushgan.
    100 000 va 200 000 soʻmlik kupyuralar umumiy naqd pul aylanishining 64%dan ortiq qismini tashkil etadi.

Markaziy bank eski banknotlarni yangi banknotlar bilan almashtirishni davom ettirmoqda. 5000, 10 000 va 50 000 soʻmlik eski banknotlar ulushi 67%, 64% va 61%dan 25%ga tushgan. 100 000 soʻmlik eski kupyuralar ulushi esa 39%dan 18%ga kamaygan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?