
Jahon banki ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti mintaqadagi eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlardan biri bo‘lib qolmoqda. 2025-yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti (YaIM) o‘sishi 6,2 foiz, 2026-yilda esa 6 foiz darajasida bo‘lishi kutilmoqda.
Markaziy Osiyo rivojlanishiga eng katta hissa qo‘shadigan yana bir davlat Qirg‘iziston bo‘ladi. Ushbu ma'lumotlar Jahon bankining "Yevropa va Markaziy Osiyo iqtisodiyoti: bandlik va farovonlik" nomli hisobotida keltirilgan bo‘lib, u 13-noyabr kuni Toshkentda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida taqdim etildi.
Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Nodji Benxasin mintaqada ishga yaroqli aholining soni keyingi 20 yil ichida sezilarli darajada oshishini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston keng ko‘lamli islohotlar tufayli barqaror rivojlanmoqda va bu sur’atni davom ettirish uchun malakali yoshlarni ish bilan ta'minlash muhim ahamiyatga ega.
Jahon banki katta iqtisodchisi Ivan Torre mintaqaning rivojlanish yo‘nalishlari sifatida infratuzilmani yaxshilash, inson kapitalini rivojlantirish va xususiy investitsiyalarni jalb qilishni qayd etdi. Prognozlarga ko‘ra, 2026-yilda Markaziy Osiyoda YaIM o‘sish sur’ati taxminan 5 foiz, 2027-yilda esa 4,6 foiz atrofida bo‘ladi.
Ish bilan ta'minlash darajasi mo‘tadil, biroq barqaror bo‘lib qolmoqda. Ish o‘rinlari yaratish borasida esa eng katta hissa O‘zbekiston tomonidan qo‘shilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.