
Tailand armiyasi Kambodjani yangi imzolangan tinchlik kelishuvini buzishda aybladi. Kelishuv bir necha haftalik mojaro va minglab odamlarni uyini tark etishga majbur qilgan to‘qnashuvlardan keyin erishilgan edi. Armiyaning ma’lum qilishicha, yakshanba kechasi Kambodja hududidan 250 dan ortiq dron uchirilgan.
Tinchlik kelishuvi shanba kuni kuchga kirgan bo‘lib, tomonlar front chiziqlarini hozirgi holatda saqlash, qo‘shimcha kuch yuborishni to‘xtatish va chegara hududidagi fuqarolarga qaytishga ruxsat berish bo‘yicha kelishib olgan. Diplomatik yordam Xitoy va AQSh tomonidan ko‘rsatilgan.
Tailand armiyasi Kambodjaning harakatlarini “provokatsiya va kelishuv shartlariga zid” deb atadi. Shuningdek, iyul oyidan beri Tailandda saqlanayotgan 18 Kambodja askarini ozod qilish masalasini qayta ko‘rib chiqish ehtimoli mavjudligi aytilgan.
Hozircha Kambodja tomoni munosabat bildirgani yo‘q. Tinchlik kelishuvi Xitoy va AQSh tomonidan maqtalgan bo‘lsa-da, chegara bo‘ylab mojaro xavfi saqlanmoqda va ikki davlat o‘rtasidagi nizolar uzoq tarixga ega.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.